“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   202
Moliya UMK

 
10-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlari 
 
Reja: 
1.
 
Markaziy banklar
 
2.
 
Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar
 
3.
 
Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar
 
 
1. Markaziy banklar 
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi 
organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq 
javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda 
ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi 
masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi 
yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga 
o‘tkaziladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC 
– Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya, 
xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi qimmatli 
qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan 
ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq talablarni ishlab 
chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda ham shu kabi tartibga soluvchi organlar 
mavjud. 
Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan 
bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga erishish 
uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy 
o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi uchun 
foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu moliyaviy tizim 
sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga yetishish uchun 
ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan ba’zi davlat 
tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum 
parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat 
siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy 
vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat ijroiya 
organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum 
darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar
72

72
AQSh Markaziy banki (
Federal Reserve System – 
Federal zahira tizimi) davlatga nisbatan yuqori darajadagi 
mustaqillikka ega. Uning tarkibiga 7 a’zodan iborat bo‘lgan va Kolumbiya shtatidagi Vashington shahrida 


81 
Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning 
nomiga qarab bilib olish mumkin: 
Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii 
va 
hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda 
Federal Reserve System
(Federal 
zahira tizimi), Germaniyada esa 
Bundesbank
deb ataladi. 
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni 
milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning 
boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi 
kamida o‘rtacha bo‘lishi
73
va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb 
ko‘rishlari shart. 
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat 
iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan 
harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri 
bilan nizoli maqsadlarni balans (muvozanat)ga keltirish: narxlar barqarorligini va 
aholining to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga 
to‘g‘ri keladi. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin