99
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni taklif etamiz.
Faraz
qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof mehnat haqingizning umumiy summasi
10,0 mln. so‘mni tashkil etadi va Siz bu summani oilan-gizni boqishga
sarfladingiz. Ammo,
shu bilan birga, aktivlaringizning umumiy qiymati 6,0 mln.
so‘mga pasayib ketdi, deylik. Umuman olganda, hech bir buxgalter bu pasayishni
e’tiborga olmagan bo‘lar edi. Chunki bu zarar potensial xarakterga ega. Sababi,
Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida, har qanday iqtisodchi
Sizga qiymat kamayishini foy-dangiz hisoblanayotganida inobatga olinishi
kerakligi aytgan bo‘lur edi. Chunki u oilangizning iste’mol imkoniyatlariga ta’sir
qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0 mln. so‘mga qisqardi-
ku! Demak, iqtisodchining nuqtai nazaridan qaraganda
Sizning sof foydangiz
hammasi bo‘lib 4,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, buxgalteriyada foyda hisoblanayotganda garchi soliqqa
tortish maqsadida foydadan chegirib qolish sifatida qarz olingan kapital bo‘yicha
foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo‘lsa-da, shu
bilan birga, xususiyatiga ko‘ra xuddi shunday xarajat - sarflangan o‘z
kapitalini
hisobga olish mumkin emas. Masalan, firma 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda oldi,
ammo shu bilan birga u o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 mln.
so‘mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 10% ga teng daromadlilik
stavkasidan kelib chiqqan holda xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtai
nazardan u 30,0 mln. so‘m miqdorida zarar ko‘rgan (ya’ni 20,0 mln. so‘m – 500,0
mln. so‘m x 0,10 = - 30,0 mln. so‘m). Bu buxgalteriya
nuqtai nazaridan foyda
ijobiy bo‘lgan holda, firma o‘zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o‘z
aksiyadorlik kapitalidan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni
qoplashga qodir
bo‘lmagan vaziyatga yaqqol misol bo‘la oladi
77
.
Dostları ilə paylaş: