umumiy (jami) aksiyadorlik daromadliligi deb ataladi
(total shareholder returns). Endi, biz e’tiborimizni yana o‘zimiz tahlil qilayotgan
“XYZ” korporatsiyasiga qarataylik. Fond bozori bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirib,
ko‘ramizki, 20x1 yil boshida korporatsiya aksiyalarining bozor kursi bitta aksiyaga
20,0 ming so‘mni tashkil etgan, yil oxirida dividendlar to‘lan-gandan keyin esa 18
720 so‘mgacha pasaygan. Bu davrda pul shaklida to‘langan dividendlar summasi
1,0 ming so‘mni tashkil etgan. Demak,
“XYZ” korporatsiyasiga tikilgan
(qo‘yilgan, joylashtirilgan) kapitalga daromad-lilik stavkasi 11,4%ni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich (qiymat) quyidagi hisob-kitoblar asosida olingan:
Umumiy (jami)
aksiyadorlik
daromadliligi
=
18720 so‘m – 20000 so‘m + 1000 so‘m =
– 0,114 yoki –
11,4%
20000 so‘m
Ammo, odatda, korporatsiyalar faoliyati samaradorligi yana bir ko‘rsat-
kichdan foydalangan holda hisoblab chiqariladi. Bu
aksiyadorlik kapitali daromadliligi normasi yoki
koeffitsiyenti (ROE — return on equity)dir. ROYe
kompaniya sof foydasi summasi (qiymati)ni aksiyadorlik kapita-lining balans
qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
ROE =
Sof foyda
=
23,4 mln.
so‘m
=
0,078 yoki
7,8%
Aksiyadorlik kapitali
300 mln. so‘m
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, ROE yillik koeffitsiyenti aksiya-dorlar o‘z
mablag‘ini kompaniyaning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilishlari oqibatida
olgan umumiy daromadlilik stavkasiga mos kelishi shart emas.
3-nazorat uchun savol “Z” Corporation korporatsiyasining 20xx yil uchun taqdim etilgan hisobotiga
muvofiq sof foyda ko‘rsatkichi bitta aksiyaga 5 000,0 so‘mni tashkil etgan va u
aksiyadorlarga har bir aksiya uchun 3 000,0 so‘m miqdorida dividend to‘lagan. Yil
boshida aksiyaning balans qiymati 30 000,0 so‘m, bozor qiymati esa 40 000,0
so‘m bo‘lgan. Yil oxiriga kelib, bu ko‘rsatkichlar, mos ravishda, 32 000,0 va 35
000,0 so‘mga teng bo‘ldi.
ROE koeffitsiyenti hamda umumiy (jami) aksiyadorlik
daromadliligi