Ishlab chiqarishdagi iqtisodiy samaradorlik va foyda.
O’zbekiston sanoat korxonalari va butun xalq xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi bir qancha iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish asosida aniqlanishi mumkin.
Biz bu masalani faqat mikroiqtisodiyot darajasida o’rganamiz.
Ularning eng muhimlari quvvat yoki mahsulot birligiga to’g’ri keladigan kapital qo’yilmasi miqdori, mahsulot tannarxi, qo’shimcha kapital harajatlarning qoplanish maddati, mehnat unumdorligi, mahsulot hajmining ko’payishi hom ashyo va materiallarning birligidan olinadign mahsulot hajmining ko’payishi yoki bir birlik mahsulot ishlab chiqarishda ularning harajat miqdori va uning belgilangan norma (reja) darajasiga nisbatan kamayishi, fond qaytimi, fond rentabelligi, dastgohlar unumdorligi, ish vaqti fondi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi va boshqalardir. Ular nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Shuning uchun barcha ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari 6 guruhga ajratiladi:
umumiy ko’rsatkichlar (mahsulot xajmi, foyda va x.k.);
mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari;
asosiy kapitaldan foydalanish ko’rsatkichlari;
aylanma kapitaldan, mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari;
kapital qo’yilmalardan foydalanish ko’rsatkichlari;
tashqi iqtisodiy aloqalarning samaradorlik ko’rsatkichlari;
Iqtisodiy samaradorlik ikki turga bo’linadi:
mutloq (absolyut) samaradorlik;
nisbiy samaradorlik.
Mutloq samaradorlik har doim olingan natijaning uni olish uchun zarur bo’lgan harajatlarga nisbatini ifodalaydi. Dastlabki ishlab chiqarish bo’g’ilinida
mutloq (absolyut) samaradorlik esa mahsulotning xili va hajmidan qat’iy nazar foydaning miqdoriga asoslanadi.
Mutloq samaradorlikni (S) aniqlash usullari qo’yidagi tartibda berilgan:
St.sk= СМ ;
К
Sn.t.= Хм1 Хм2 ;
К
(6)
Sts.sr=
СМ ;
Кас Кай
Stns=
СМ / н / ;
Кас Кай.
(7)
Stns= СМ / н / ;
К
Sk.k= К ;
К
Sk.kt= Р Хм ;
К
Skt.= Хм1 Хм2 ;
Кас Кай
(8)
Formulada Sk – korxonadagi samaradorlik darajasi; K – kapital miqdori; SM – sof mahsulot miqdorining o’zgarishi; Kas va Kay – asosiy va aylanma kapital miqdori; R – mahsulot bahosi; Xm – mahsulot ishlab chiqarish harajatlari; Tkf – kapital miqdorini qoplanish muddati, oy yoki yillar hisobida; En - kapital miqdorining har bir so’mini hisobiga norma darajasida oladigan samaradorlik koeffitsienti; tarmoqlar bo’yicha; Isy – yillik iqtisodiy samaradorlik.
Samaradorlikni ta’minlash tannarxni (xarajatlarni) kamayishiga asoslangan korxonalarda tarmoqning samaradorlik normativi koeffitsienti (En) solishtiriladi. Agar xakiqiy samaradorlik koeffitsienti normativ darajasidan katta bo’lsa kapital ko’yilmalar samarador hisoblanadi.
Mutlaq samaradorlikning yuqoridagi aniqlash usullari faqat qiymat ko’rsatkichlariga asoslanadi. Bu ko’rsatkichlar bilan birga
sarf-xarajatlarning qoplanish muddati ham topiladi:
Tkf= К ;
К
Tx.= К
(9) Tx.F=
; (11)
К ;
Р Хм
(10)
Хм1 Хм2
Bu muddat belgilangan normativ me’eridan kancha kam bo’lsa samaradorlik darajasi shuncha yuqori hisoblanadi. Bu formulalarning aksi bir so’mlik xarajat hisobiga qancha foyda olinishini ko’rsatadi. Resurslarning foydalilik koeffitsienti qancha ko’p “1” intilsa foydalili darajasi shuncha yuqori hisoblanadi. Bu erda – Tx.F
– korxonada olingan foyda yoki xarajatlarini kamayishi hisobiga xarajatlarni qoplanish muddati; K - kapital; X m1 X m2 tadbir choralar amalga oshirmasdan va amalga oshirilgandan keyingi maksimal foydadir – MR(Q). Qiymat ko’rsatkichlardan tashqari, ularni kamchiligini to’ldirish uchun qo’shimcha ravishda natural ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Bular: materiallar sig’imi, fond qaytimi, xom-ashyoni mahsulot birligiga to’g’ri keladigan natural miqdoridagi sarfi va boshqalar.
Bozor talabini qondirishning, turli xil xo’jalik va texnik vazifalarni xal etishning variantlari yo’llari ko’pdir. Shulardan eng foydalisini ajratib olish iqtisodiyotning asosiy maqsadidir. Ular qo’yidagilar:
yangi korxonani qurish yoki ishlab turganni kengaytirish va qayta jihozlash;
bir-birining o’rnini bosa oladigan xom-ashyolardan foydalanish va mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish;
eski texnika o’rniga yangi, takomillashgan, unumdor va sifatlilarini kiritish;
ishlab chiqarishni ixtisoslashirish va korxonalarning yirikligini tanlash;
quriladigan korxonalarning joyini tanlash;
ishlab chiqarish quvvatini oshirish yo’llari va ishlab chiqarishni tahlil etish usullarini tanlash.
Demak, iste’mol bozorining sanoat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish yo’llarini tanlashda uning ishlab chiqarishda ketadigan ijtimoiy mehnat sarfining eng kam miqdorda bo’lishiga yoki harajatlar eng ko’p iqtisodiy samaradorlikni
ta’minlashga asoslanishi zarur. Buni biz optimallashtirish usullaridan foydalanish asosida hal etamiz.
Bir variantning ikkinchi variantga nisbatan afzalligini va foydalilik darajasini aniqlash usuli nisbiy samaradorlik usuli deyiladi.
Nisbiy samaradorlik variantlardan birontasining afzalligini, foydaliligini texnik iqtisodiy jihatdan asoslash uchun hisoblab chiqariladi. Bunda natija sifatida mahsulot tannarining kamayishi o’rganiladi. Yangi texnika yoki yuqorida ko’rsatilgan boshqa tadbirlar uchun sarflanadigan kapital mablag’lari (sarmoyalar) samaradorligini ta’minlash bir xil hajmdagi mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga erishiladi:
X+EnK- min
Bunda, En – samaradorlikni normadagi koeffitsienti - 0,15ga teng.
Eng foydali variantlarni tanlash ishlab chiqarishning mutloq samaradorligi ko’rsatkichlarini taqqoslashning maxsus usullari bilan topiladi.
Исй=[(Хм1+ЕнК1)-(Хм2+ЕнК2)]Q2
Bu usullar to’g’risida hozircha biz boshqa gap ochmaymiz.
Dostları ilə paylaş: |