Biznes-reja quyidagi va undan boshqa bir qancha savollarga javob berishi zarur:
Agar Siz bankdan kredit olishga muhtoj bo’lsangiz «uni to’lamasdan miqdorini hisoblab chiqarishingiz zarur.
Ishga jalb etiladigan kapitalni oladigan joyi bormi?
Siz qancha qarz olishingiz mumkin;
Qarzni qaerdan olmoqchisiz?
Hamma ishlar tartibli, muvaffaqiyatli borishini nazorat qilish tizimi bormi?
Biznes -reja tuzish dastavval ancha murakkab va mashaqatli ish, shuning uchun uni tayyorlash cho’zilib ketishi mumkin. Lekin bunday xujjat tayyor bo’lgandan
so’ng, unda ishni siz nimadan va qanday qilib boshlamoqchisiz. Qanday yo’llar bilan ko’zlagan maqsadga erishmoqchisiz, qanday yutuqlarga erishmoqchisiz degan savollarga javobni yoritilishi boshqa investorlarni va moliyachilarni Sizning faoliyatingizda ishtirok etishga bo’lgan qiziqishini oshirib yuboradi.
Demak,biznes-rejabuSizningbiznesingiznio’tmishdagi,xozirdagivakelajakdagi xolatini aks ettiradi. O’z ishingizni rejalashtirishda eng asosiy maqsad- biznesni sinchikovlik bilan rejalashtirish, uni moliyaviy va tashkiliy jixatdan ta’minlashdir. Biznes- reja Sizning maqsadingizni, bajaradigan ishlarning yo’nalishi va asosiy bosqichlari faoliyatini ko’rsatadi.
Biznes rejani tayyorlash.
Biznes-reja faqat firmaning rahbari yoki mulk egasi tomonidan tayyorlanadi. Bunda tashqaridagi ishbilarmonlardan-huquqshunoslar, buxgalterlardan foydalanish mumkin.
Biznes-rejani tuzish jarayoni Sizga biznesdagi ikkita tavakkalchilik turini bilash va uni baholashga yordam beradi:
ichki tavakkalchilik. Xodimlar, tovar-moddiy zaxiralar, joylashgan manzili kabilar ustidan nazorat o’rnatish mumkinligi;
tashqi tovakkalchilik. Bu -iqtisodiyot, yangi qonunlar, obi-havo, ya’ni Siz o’zgartira olmaydigan narsalar.