Dunyo amaliyoti shuni ko’rsatadiki biznes-reja xammauchun zarur: o’z loyixangizni amalga oshirish uchun kimdandir pul olmoqchi bo’lsangiz - bankirlar uchun, investorlar va o’zlarining kelajaklarini va vazifalarini aniq bilmoqchi bo’lgan xodimlaringiz uchun, eng muhimi - Sizning o’zingiz uchun. Sizning biznes rejangiz
qog’ozda Sizning biznesingizning o’tgan davrdagi va avvalgi xolatini, hozirgi va kelajakdagi xolatini qiqacha aks etiradi. Endi boshlanayotgan biznesni rejalashtirishda rejaning eng asosiy maqsadi - biznesni sinchiklab rejalashtirish, uni moliyaviy va tashkiliy ta’minlash. Biznes reja - bu Sizning o’yiningizning rejasi. U Sizning faoliyatingizni aniq maqsadi, yo’nalishi va asosiy bosqichlarini belgilab beradi.
Biznes ishlari boshlangandan keyin olingan natijalarni reja bilan solishtirib boriladi, muammolar bo’lsa yuzaga chiqariladi, rejaga tuzatishlar kiritib boriladi, shu bilan biznesni to’g’ri yo’nalishga solinadi. Aks xolda uni boshqarish qiyinlashib ketadi. Biznes reja ana shuning uchun ham zarur bo’ladi. Demak, biznes- reja hozirgi va kelajakdagi yutuqlarni, o’sishni aks etdiradigan biznesni ma’lum muddatga yozilishidir.
Biznes rejaning tarkibiy qismlari.
Biznes reja qanday qismlardan tashkil topadi?Bu savolga standart, bir xil javob topish qiyin. Biznes-rejaning qismlarini soni va nomi turlicha atalsada o’z mohiyati bo’yicha yaqin keladi. Biznes-rejadaquyidagima’lumotlarberiladi: Sizning maxsulotingiz yoki xizmat ishlarining turlari. (yoki biznes-rejaga rezyume). Rejaning bu qismida Siz kelajakdagi xaridorlarigiz uchun taklif etadigan maxsulotingiz yoki xizmatlaringiz yoritiladi. Bunda quyidagi savollarga nihoyatda aniq va ravshan javob berish zarur:
Sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz qanday talablarni qondira oladi?
Uning o’ziga xos tomonlari nimada va nima uchun ist’molchilar raqobatchilar maxsulotidan Sizning maxsulotingizni ajratadilar, uni avzal ko’radilar?
Sizning maxsulotingiz yokiz texnologiyangiz xususiyatlari qanday mualliflik guvoxonmalari bilan va patentlar-bilan himoya qilingan.
Biznes-reja to’liq tayyor bo’lganda rejaning bu qismini yozish osonroq bo’ladi.
Muvaffaqiyat qozonish uchun biznes -rejaga tovarning rasmlari, chizmalarini kiritilsa u to’g’rida yaxshi tasavvur paydo bo’ladi. Maxsulotingiz sifatini, uning dizaynini avzalligiga va xattoki joylashtirish (ustanovkasini) xususiyatlarining avzalliklariga aniq tavsilot berish muxim ahamiyatga ega.