Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Amaldagi qonunlarga muvofiq 2004 yilning 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari toifasiga quyidagilar kiradi



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə38/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98
Kichik biznes

Amaldagi qonunlarga muvofiq 2004 yilning 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari toifasiga quyidagilar kiradi:


- Yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs tashkilikiz va ishchi yollash huquqiga ega bo’lmagan, qo’lida xususiy tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tganligi haqida guvohnomasi bor bo’lgan jismoniy shaxsdir.
ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmaga tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlarning o’rtacha yillik xodimlari soni:
engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati – 100 kishidan:
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat- ishlab chiqarish sohalari – 50 kishidan;
fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan sohalar – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.»
mikrofirmalar va kichik korxonalarning o’rtacha yillik xodimlari sonini aniqlashda sho’’ba korxonalar, filiallar va vakolatxonalarda ishlovchi xodimlar soni ham hisobga olinadi.

  • dehkon xo’jaligi - o’z faoliyatini yuridik shaxs sifatida amalga oshiruvchi va oila boshlig’iga umrbod meros qilib berilgan o’z tarmoqasida oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida oilaviy mayda tovar ishlab chiqaruvchi xujalikdir.

  • fermer xo’jaligi – fermer xo’jaliklari a’zolarining faoliyatiga asoslangan, unga uzoq muddatga foydalanish uchun ijaraga berilgan er tomoqalarida kishlok xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik sub’ektidir.

Korxona yirikligini ajratishning bunday mezonlari ularni soliqqa tortishdagi imtiyozlarni aniqlash, kichik biznesni qo’llab quvvatlashning aniq choralarini ishlab chikish, O’zbekistonda kichik korxonalarni ko’paytirish bilan bog’liq bo’lgan infratuzilma tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Bizda kichik va o’rtacha biznes sub’ektlarini eng asosiy ko’rsatkichi bu ishchi va xizmatchilar sonidir.
Bu ko’rsatkich firmadagi barcha xodimlar soni, jumladan shartnoma asosida va qo’shimcha ravishda ishlayotgan xodimlarning xaqiqiy ishlagan vaqtini, va shuningdek filiallarda, korxonadan boshqa joyda ajralib turgan bo’linmalardagi xodimlar sonini hisobga olgan holda aniqlanadi. Agar kichik korxonada xodimlar soni belgilangan me’yordan ortib ketsa shu muddat mobaynida va undan keyingi uch oy davomida imtiyozlar bekor qilinadi.
Bizning fikrimizcha korxonalar yirikligini aniqlashda ularning yillik mahsulot hajmi, ishlab chiqarish quvvati va yoki kapitalining miqdorini hisobga olish zarur. Hozirgi zamon fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga kiritilishi korxonalardagi xodimlar sonini albatta kamaytiradi. Bunga sabab og’ir ishlar yangilashadi, jismoniy mehnatning ma’lum qismi aqliy mehnat bilan almashadi. Demak ma’lum miqdordagi xodimlar ishlab chiqarishdan bo’shatiladi.
Turli xil malakatlarda korxonalar yirikligini aniqlashning o’ziga xos mezonlari ishlatiladi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin