Janubiy Koreyada sanoat va transportda 20 tagacha xodim band bo’lgan firmalar kichik hisoblanadi 21 tadan 200 tagacha kishisi bo’lgan firmalar o’rtacha hisoblanadi; Savdo va xizmat sohasida shunga muvofik xodimi 5 tadan kam.
Bunday korxonalarning har biri bozorda yuqori o’rin olmaydi. Bu erda barcha xo’jalik-boshqaruv ishlarini korxona egasining o’zi olib boradi. Qisqa davrga
ayrim mutaxasislarni yollab o’z faoliyati mulk egasi o’z kuchiga va mablag’lariga tayanadi, albatta davlat tomonidan ham qo’llab-quvvtlab turishiga ham ishonadi.
Xususiy tadbirkorlikning sub’ektlari (ishtirokchilari) bo’lib tashabuskorlik bilan faoliyat ko’rsatuvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.
Ular faoliyati o’z mehnati yoki yollangan mehnatdan tavakkalchilik va mulkiy javobgarlikni o’z ustiga olish bilan o’zlarining yoki boshqa shaxslarning jalb etilgan mulki asosida tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish foyda (daromad) olishga qaratilgan kichik va xususiy tadbikorlikning sub’ektlari bo’lib yuridik shaxs bo’lmay turib tadbikorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar ham hisoblanadi.
Kichikfirma - bu shunday korxonaki u boshqa korxonalarga bog’liq bo’lmagan holda amal qiladi. Shu bilan birga u o’z biznesi sohasida ko’zga ko’rinmaydi. Ko’pgina kichik firmalar bir kishiga yoki oilaga tegishli bo’ladi va shuningdek o’rtoqlik uyushmasi shaklida ham yaratiladi. Ko’pgina xollarda kichik biznesmenlar ham menedjer, ham moliyachi va mulk egasi bo’lib hisoblanadi. Demak, firmani boshqaruv ishlariga shularni o’zi bilan cheklanadi. Ma’muriyat va xizmatchilar odatda korxona qaerda bo’lsa o’sha erda yashaydilar. Lekin firma uchun bozor shu firma joylashgan xududda (joyda) va shuningdek undan tashqarida ham bo’lishi mumkin.
Kichik biznes tadbirkorlarga boylik keltiradi, ishlovchi xodimlar o’z ishidan xuzur qiladi va faoliyatida boshqalarga bog’liq bo’lmaydi. Bu xil tadbirkorlik o’z tabiati bilan milliytadbirkorlikka,maxalliyxunarmandchilikkayaqinkeladi:
Ish xaqi xarajatlari, dastgohlar uchun investitsiya xarajatlari nisbatan kam bo’ladi;
Tezroq moddiy qoniqishiga ishonch bo’ladi;
Bir vaqtda biznesdan mehnat haqi va dividentlar olish mumkin:
Uzoq muddat foyda ko’rish;
Zarur bo’lsa o’z ishini osonlicha boshqalarga sotishi va foyda ko’rishi mumkin. Bu omil ko’pgina tadbirkorlarni qiziqtiradi;
Bir qancha kasblarni birga qo’shib olib borish mumkin (moliyachi, menedjer va boshkalar)
Tadbikorlik hissiyotini uzoq vaqtgacha saqlab qolish
Yirik korporatsiyalarga qaraganda kichik firmalar ayniqsa istiqbolli tarmoqlarda ko’proq innavatsion jarayonlar, tadbikorlik ruxi ko’proq ko’rinadi. Shuning uchun kichik biznes zamonaviy tarmoqlar bo’lgan elektronnika, kompterlash va boshqalarda ko’proq o’rin egalagan.
Kichik biznesmen bo’lish xoxishi paydo bo’lganda kishi o’z faoliyat turini aniqlab olishi zarur. Bunda bir qarorrga kelishga ta’sir e’tuvchi omillar kuyidagilar:
O’z tajribangiz va iqtisodiy quvvatingiz;
Mijozlar talabi-hozir va kelajakda. Siz sotmoqchi bo’lgan narsalarga mijozlarda talab bo’ladimi, yo’qmi. Ular boshqa iqtisodiy sharoitlarda Siz sotadigan maxsulotni harid qilishni uzoq vaqt davom ettiradilarmi yoki xizmatlardan foydalana oladimi;
Raqobat darajasi
Bunda raqobatdagi firmalar mahsuloti yoki ishlari sifatiga ob’ektiv baho berish zarur. Sabab o’zning kelajak faoliyatini aniqlash, mijozlar talabini, xoxishini, manfaatini yuzaga chiqarish va shuningdek kelajakda raqobatchining sharoitini belgilash uchun.
Kishi o’zining zaif tomonlarini aniqlab olishi lozim. Masalan, biznesmen bo’lmoqchi bo’lgan shu kishi texnikani kuchli biladi, komertsiya qobiliyatlari yoki moliyaviy bilim sohalarida esa bo’sh. . .
Biznesni boshlashning dastlabki bosqichlarida malakali yurist maslahatchidan foydalanish muhim ahamiyatga ega.