yuqorida aytilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda yaratiladi;
faoliyat ko’rsatib turuvchi korxonalar tarkibidan mulk egasi rozi bo’lgan xolda, jamoa a’zolarining tashabbusi natijasida yaratiladi.
Bundan tashqari kichik korxonalarmonopol xokimlikka qarshi tashkilot qarori asosida majburiy ravishda yoki birlashmava korxonalarni yiriklashibketishinatijasidayaratiladi.Kichikkorxonalarbirinchigaldaxalqiste’moltovarlariniishlabchiqarishvaaholigamaishiyxizmatko’rsatishuchunyaratiladi. Ular boshqa har qanday xalq xo’jaligi tarmoqlarida ham turli xil mulk shakllari asosida tashkil etilishi mumkin.
Kichik korxonalarni ta’sis etuvchilar bir yoki bir necha yuridik shaxs yoki jismoniy shaxslar bo’la oladi. Kichik biznes faoliyati keng tarqalgan ular qonun bilan man etilmagan har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanishlari mumkin Ular bitimlar tuzishi, mulk topib faoliyat ko’rsatishi tashqi bozorga chiqishi, savdo sotiq ishlarini amalga oshirishi, vositachilik qilishi, valyuta bilan ishlash va boshqa ishlar buyicha bitimlar tuzishi mumkin.
Kichik biznes-xo’jalik yuritishning shunday shakliki - bunda korxonalardavlatgabog’liqbo’lmaganxoldamustaqilamalqiladilar. Ular ishlab chiqaradigan maxsuloti turlarini, hajmini, o’zlari belgilaydilar; o’z xoxishiga ko’ra mahsulotni xoxlagan bahoda, xoxlagan sharoitda sotadilar yoki xizmat ishlarini bajaradilar; korxonani rivojlantirish fondiga, ijtimoiy ishlarga, rezerv fondiga foydadan ajratmalar me’yorini, mehnatga xaq to’lash shakli va miqdorini ham ixtiyoriy ravishda aniqlaydilar; mahalliy sharoitga tez moslashadilar, tezda bir qarorga keladilar va h.k.
Shunday qilib, kichik korxonalarning boshqa korxonalardan farqi ularning ana shu afzalliklaridadir.
Kichik korxonalar muttasil faoliyat ko’rsatishlari uchun uyushma, assotsiatsiyalarga birlashishlari, turli xil kooperativlar tartibiga kirishlari mumkin, ya’ni xaqlari bor, majbur emaslar deb ko’rsatilgan “Tadbirkorlik faoliyatini erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida… Bu
to’g’rida batafsil boshqa manbalarga murojaat qilish mumkin. Kichik korxonalar asosida tashkil etilgan korxonalar ularni moddiy- texnika resurslari bilan ta’minlab turishlari zarur.
Korxonalarni kichikligi, ularning afzalliklari ularga imtiezlar berilishi zarurligini keltirib chiqaradi. Bunday sharoit ularni albatta rag’batlantiradi.