Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotdagi roli. Reja



Yüklə 181,58 Kb.
səhifə6/10
tarix05.12.2023
ölçüsü181,58 Kb.
#173402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat Reja Moliya tizimi va moliya

Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘laridir.
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul
mablag‘larining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud bo‘lishini
taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar sur’atda
vaqtincha bo‘sh turadigan pul mablag‘lari va boshqa pul resurslari kredit
mablag‘larining manbaini
tashkil qiladi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
1) korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
2) mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
3) korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari,
moddiy rag‘batlantirish fondlari;
4) korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob
qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun
foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
5) bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy
tashkilotlarning joriy pul resurslari;
6) aholining bo‘sh pul mablag‘lari.
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo‘sh pul resurslari hosil bo‘lishi
bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari va sohalarida qo‘shimcha pul
mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Kreditning bir qator vazifalari mavjud. Birinchidan, kredit qayta taqsimlash
vazifasini
bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo‘sh pul
mablag‘lari ssuda fondi shaklida to‘planib, keyin bu mablag‘lar kredit mexanizmi
orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu
orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat
qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (veksel, chek,
sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo‘jalik amaliyotiga joriy etish
vazifasini
bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni
rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini
tejash vazifasini
bajaradi. To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz
berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini
bajaradi. Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati
ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish
hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat
tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida
kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda
mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat,
davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi.

Yüklə 181,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin