Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotdagi roli. Reja


Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari)



Yüklə 181,58 Kb.
səhifə7/10
tarix05.12.2023
ölçüsü181,58 Kb.
#173402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat Reja Moliya tizimi va moliya

Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari)
tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul
ssudalari shaklida beriluvchi kredit. Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit
bitimlari summasi bo‘yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda
keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg‘arilishigacha xizmat qiladi.
Xo‘jaliklararo kredit – bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga
beriluvchi kredit. U korxonalarning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi
munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan
munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti – korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning bir-biriga beradigan krediti. Tijorat krediti, avvalo, to‘lovni
kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida beriladi.
Iste’mol krediti – xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat
foydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar)
sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit. Xalqaro kredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar
sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli.
Xalqaro kredit tovar yoki pul
(valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar,
davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi
shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Lizing – bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish
vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar
tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq
muddatli ijaraga berishdan iborat.
Lizing bo‘yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga
qadar tuzilishi mumkin. Odatda ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari
bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.

Yüklə 181,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin