1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. 2. Taklif inflyatsiyasi.Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi
taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish
xarajatlarining o‘sishi natijasida kelib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga
qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud. O‘rmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, jadal inflyatsiyada 20 dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o‘sishi kuzatiladi. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiyava uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va
ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab
chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan
qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning
mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va
qarz oluvchi o‘rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda
aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab
o‘tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning o‘zida ham qarz oluvchi va ham
qarz beruvchi o‘rnida chiqishi mumkin.