Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotdagi roli. Reja


Faktoring – boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari



Yüklə 181,58 Kb.
səhifə8/10
tarix05.12.2023
ölçüsü181,58 Kb.
#173402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat Reja Moliya tizimi va moliya

Faktoring – boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha
majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari.
Bunda bank
korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o‘zi uchun foydali shartlar asosida
naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda
qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt
o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalar
majmui.
Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- ssuda berishning maqsadli tavsifi;
- kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi;
- ssudaning moddiy ta’minlanganligi va to‘lovliligi.
Qarzga berilgan ssudaning albatta qaytarilib berilishi, undan foydalanilganlik
uchun olingan foydadan ssuda foizini to‘lash zarurati korxonalarni xo‘jalik
yuritishning eng samarali usullarini izlab topishga undaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim
rol o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning
harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish
bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission)
bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi
va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki,
birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan
iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan
o‘rnatiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma
muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu
sababga ko‘ra markaziy bank «banklar banki» deyiladi. Uchinchidan, Markaziy
bank faqat foyda olishga intilib faoliyat ko‘rsatmaydi, davlatning butun iqtisodiyot
holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga
oshirishga ko‘maklashadi.
Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar
pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank
mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi;
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo
hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi;
3) davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi;
4) barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga
oshiradi;
5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi;
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, milliy valyutani
muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini
tartibga soladi.
Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish
va so‘mning barqaror ayirboshlash kursini ta’minlashdan iborat. Mazkur vazifalar
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‘langandir.
O‘zbekiston Markaziy banki o‘zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir
qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi.
Bank tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli
qog‘ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta
moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari
ham ishga solinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli
sheriklar sifatida chiqadi. Kredit berishda fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga
erishishni ta’minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi.
Banklar o‘z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun
moddiy jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari
ko‘proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi.

Yüklə 181,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin