Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotdagi roli. Reja


Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi



Yüklə 181,58 Kb.
səhifə2/10
tarix05.12.2023
ölçüsü181,58 Kb.
#173402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat Reja Moliya tizimi va moliya

1. Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi
lozim bo‘lgan tovarlar summasi. Tovarlar va xizmatlar qancha ko‘p bo‘lsa,
ularning narxi qancha baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha
ko‘p pul miqdori talab qilinadi.
2. Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi.
Bu ko‘p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga
bog‘liq bo‘ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul
miqdori shuncha kam bo‘ladi.
3. Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to‘lov vositasi sifatida
foydalanish. Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi
kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur
bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan,
bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul
miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala
uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bu yerda:
Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
Tb - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar va xizmatlar summasi (tovarlar miqdori ×
narxi);
Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;
Xt – kreditga berilgan tovarlar va xizmatlarning to‘lash muddati kelgan qismi
hamda boshqa to‘lovlar summasi;
At - pulning aylanish tezligi. Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasining
quyidagi qonuniga ta’rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda,
muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga
chiqariladigan tovarlar summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish
tezligiga teskari mutanosibdir. Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSh iqtisodchisi
I.Fisher ko‘rsatganidek, hamma tovarlarning o‘rtacha narxi olinmaydi. Chunki
samolyot narxi bilan ruchka narxining o‘rtachasini olib bo‘lmaydi. Shuning uchun
har bir turdagi tovarning bozor narxida sotilgan summalari yig‘indisi olinadi.
Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni
umumiy bo‘lib, shu bilan birga oltin va qog‘oz pul muomalasi qonunlarining
o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan,

Yüklə 181,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin