Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki sub’ekt o‘rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o‘rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi. Sanab o‘tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o‘zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o‘rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining ob’ekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir.
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablag‘larining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. SHu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha bo‘sh turadigan pul mablag‘lari va boshqa pul resurslari kredit mablag‘larining manbaini tashkil qiladi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari;
korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
aholining bo‘sh pul mablag‘lari.
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo‘sh pul resurslari hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari va sohalarida qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Avvalo kredit