qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo‘sh pul mablag‘lari ssuda fondi shaklida to‘planib, keyin bu mablag‘lar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. SHu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (vekselь, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo‘jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi.
Uchinchidan, kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi.
To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.
Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy sub’ektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil
yakunlari bo`yicha Oliy majlisga murojaatnomasi.29.12.2020.
(www.president.uz)
O`zbekiston Respublikasi Prezidentinining “O`zbekiston Respublikasida
auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori. 19.09.2018 yildagi PQ-3946-son
Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroximov A.T. “Moliyaviy va boshqaruv
tahlili”. Darslik. T.; Iqtisod-Moliya, 2013
Raximov M.Iqtisodiyot sub’ektlari moliyaviy holatning tahlili. Uslubiy
qo‘llanma.T.; Iqtisod-Moliya, 2015
1 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.