Moliya va soliqlar


Muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish soliq auditidir



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə147/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   214
Moliya va soliqlar

Muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish soliq auditidir (SKning 140-moddasi).
Soliq auditi soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) nisbatan o‘tkaziladi.
Soliq organlari soliq auditi o‘tkazilishi boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi. Xabarnomada soliq auditining boshlanish sanasi, tekshirilishi lozim bo‘lgan masalalarning ro‘yxati, zarur hujjatlarning dastlabki ro‘yxati, shuningdek soliq auditini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Agar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lsa, soliq organi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda soliq to‘lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
Soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida tekshiriladigan soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, soliq auditini o‘tkazish muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi. Soliq organi rahbarining soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan uni o‘tkazish dasturi ham tasdiqlanadi.
Soliq auditi soliq Kodeksida belgilangan da’vo qilish muddati o‘tmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin.
Soliq to‘lovchi ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda soliq auditi, soliq to‘lovchining bevosita soliq auditi o‘tkazilayotgan yildan oldingi uch yildan ko‘p bo‘lmagan faoliyatini qamrab olishi mumkin.
Soliq auditi o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq auditi o‘ttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas. Ammo, soliq auditini o‘tkazish muddatini uzaytirish asoslari mavjud bo’lgan hollarda, soliq auditini o‘tkazish muddati ikki oygacha, alohida hollarda esa — uch oygacha uzaytirilishi mumkin. Soliq auditini o‘tkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi.
Soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar bo‘yicha bir martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas, bundan soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno.
Soliq nazorati harakatlarini o‘tkazish chog‘ida bayonnoma tuziladi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning egaligida, foydalanishida yoxud tasarrufida bo‘lgan mol-mulkka g‘ayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida soliq organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari orqali yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Soliq auditi natijalariga ko‘ra soliq organlarining ushbu tekshiruvni o‘tkazgan vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan soliq auditi dalolatnomasi tuzilishi kerak. Soliq auditi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi.Soliq auditi dalolatnomasi shaklini va uni tuzishga doir talablarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin