Moliya va soliqlar


Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə150/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   214
Moliya va soliqlar

Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishning maqsadi va vazifalari.
Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishning asosiy maqsadi — soliq ma’muriyatchiligiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda, soliq to‘lovchilarga majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishga sharoit yaratish hisobiga soliq yig‘imlarini oshirish, shuningdek, inson aralashuvini cheklash, qaror qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish va yagona standartlarni joriy etish hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishning asosiy vazifalari etib qo‘yidagilar belgilangan:
-davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlarni qayta ishlash markazini va idoralararo ma’lumotlarni uzatish tarmogini modernizatsiya qilish;
-soliq ma’muriyatchiligini avtomatlashtirishda foydalaniladigan axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish tizimlarini joriy etish;
-katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashning samarali usullarini va ilgor biznes-tahlil (Business Intellegence, Big Data) texnologiyalarini joriy etish;
-soliq ma’muriyatchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq to‘lovchilarga kontaktsiz elektron xizmatlarni ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o‘tish, soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetining foydalanish doirasini kengaytirish hamda elektron xizmatlarni ko‘rsatishning innovatsion usullarini joriy qilish;
-“Onlayn nazorat kassa mashinalari”, “Elektron hisobvaraq-fakturalar” va boshqa markazlashgan tizimlar orqali shakllangan ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida bozor konyunkturasini o‘rganish, qo‘shilgan qiymat soligi zanjirini nazoratga olish, tovar va xizmatlarning iqtisodiyotda harakatlanishini monitoring qilish;
-soliq to‘lovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida “inson omili”ni hamda korrupsiya holatlarini kamaytirish imkonini beradigan soliq nazorati tizimini shakllantirish;
-soliq auditining har bir qadamini avtomatik tarzda qayd etish, monitoring qilish, real vaqt rejimida ma’lumot va tahlillardan foydalanish orqali soliq tizimini takomillashtirish;
-telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini himoya qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydigan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash va ularga qarshi turish va bu borada kadrlar malakasini oshirish;
-soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning hisobini yuritishda yagona identifikator sifatida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalanishdan jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish;
-O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlashga erishish.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin