Moliya va soliqlar


Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish yo’nalishlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə151/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   214
Moliya va soliqlar

Davlat soliq xizmati idoralarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish yo’nalishlari:
1. Soliq to‘lovchilarga shaxsiy kabinet orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirish.
2. Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning mobil ilovalari sonini ko‘paytirish.
3. Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish standartlari va metodologiyasini ishlab chiqish.
4. Tijorat banklari va boshqa tashkilotlar orqali soliq to‘lovchilar haqidagi axborotlarni jamlagan (skoring) xizmat turlarini joriy etish.
Zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilish orqali davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish yo’nalishlari quyidagilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish;
2. Soliq xizmati organlarida zamonaviy biznes-tahlil (Business Intellegence) tizimini joriy etish.
3. Soliq auditini avtomat tarzda nazorat qiladigan (Case Management System, Case Assesment System) tizimni yaratish.
4. Idoralararo hamkorlik orqali axborot almashinuvida mavjud muammolarni bartaraf etish.
5. Soliq organlariga yuklanadigan vazifalar bo‘yicha biznes- protsesslarni ishlab chiqish va ularni avtomatlashtirish.
6. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning hisobini yuritishda yagona identifikator sifatida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalanishdan jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalanishga o‘tish.
7. Soliq to‘lovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini to‘liq bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Tahlika-tahlil” tizimini yaratish.
8. Mahalliy budjetlar daromadini oshirishda mahalliy soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish uchun “sayt” tizimini keng joriy etish.
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining moddiy-texnika bazasini kengaytirish maqsadlari:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi servyerlari, hisoblash qurilmalari va boshqa texnik jihozlarini modernizatsiya qilish.
2. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining asosiy va zaxira binolarining Muhandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish.
3. Davlat soliq xizmati organlarining telekommunikatsiya qurilmalari va axborot xavfsizligini ta’minlovchi tizimlarini modernizatsiya qilish.
4. Katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Big Data” texnologiyasini yo‘lga qo‘yish.
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari parkini bosqichma-bosqich yangilash.
Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib Soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini qisqartirish, jumladan, 2021 yilga kelib jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lovchilarni 1,5 baravar, QQSni to‘lovchilarni 2 baravar hamda resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i to‘lovchilarni 2 baravar ko‘paytirish; Xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish; Soliq tavakkalchiliklarini baholash tizimini joriy qilish va soliq hisobini takomillashtirish; Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish; Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini rivojlantirish belgilanmoqda.
Strategiyadan kutilayotgan natijalar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar sur'ati o‘sishiga erishish, soliq tekshiruvlari sonini qisqartirish, soliqlarning undirilish darajasi oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi pozitsiyalari, ishbilarmonlik faolligining indeks ko‘rsatkichlari yaxshilanishi ham bor.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin