Moliya va soliqlar


Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə155/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   214
Moliya va soliqlar

Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi - buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to‘lovi summasi bilan ijara (lizing) ob’yektining qiymatini qoplash summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi ijara (lizing) to‘lovining bir qismi;
Insonparvarlik yordami - aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish. Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste'moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi;
Ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish - ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) joyidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish;
Kredit tashkilotlari - tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari;
Kurs bo‘yicha farq - milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq;
Mol-mulk - egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish ob’yektlari bo‘la oladigan moddiy ob’yektlar, shu jumladan pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar (paylar, hissalar) hamda nomoddiy ob’yektlar;
Oila a’zolari - er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar va bolalar, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
Operativ ijara - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘lmagan mulkiy ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish;

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin