Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə184/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliq yurisdiktsiyasi - davlat soliq organlarining huquqiy masalalarni va soliq huquqbuzarligi to‘g‘risidagi ishlarni hal qilish bo‘yicha qonunga binoan (yoki boshqa me’yoriy hujjatga ko‘ra) belgilangan vakolatlari yig‘indisi. Bu vakolatlar ikki me’zon bo‘yicha aniqlanadi: 1)rezidentlik; 2) hududiylik. Bular, o‘z navbatida soliqqa tortiladigan daromadlarning tarkibini aniqlab beradi. Barcha mamlakatlarda bu me’zonlarni qo‘llashda yagonalik bo‘lmaganligi uchun ikki marta soliqqa tortish muammosi vujudga keladi. Me’zonlarni tanlash har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan bog‘liqdir. Ayrim mamlakatlar amaliyotida bu me’zonlarni turli variantlarda kombinatsiya qilib qo‘llash keng tarqalgan. Masalan, AQSh va Buyuk
Britaniyada asos sifatida rezidentlik me’zoni olinsa-da, u mamlakatlarning aniq manfaatlariga bog‘liq ravishda hududiylik mezoni bilan to‘ldirilgan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa soliq yurisdiktsiyasi ustuvorlik bilan hududiylik me’zonini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu tartib Fransiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning soliq amaliyotida ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Soliq qonunchiligi - davlatda soliqlarning turi, ularni u ndirish mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtashini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig‘indisi; moliyaviy huquq instituti. Soliq huquqi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi.
Soliq badallari (to‘lovlari) – soliq qonunchiligi bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatda soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalar. Ularni hisoblash tartibi har bir soliq turi bo‘yicha qonunga binoan aniqlanadi.
Soliq tushumlari – Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlar qismidagi har bir soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga mo‘ljallangan qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolatli banklarning hisob-kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan soliq badallari (to‘lovlari) va moliyaviy sanktsiyalar.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin