Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə187/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliq elementlari – davlatning qonun aktlari asosida aniqlangan soliqlarning tuzilishi (qurilishi) prinsiplari va ularni undirishni tashkil qilish, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o‘zida aks ettiradi. Soliqlarning elementlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) soliq subyekti (soliq to‘lovchi); 2) soliqni o‘zida tashuvchi (namoyon etuvchi); 3) soliq obyekti; 4) soliq manbai; 5) soliqqa tortish birligi; 6) soliq stavkasi (soliqqa tortish normasi, me’yori); 7) soliq imtiyozlari; 8) soliq okladi. Soliq qonunchiligi nuqtayi nazaridan yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari soliqning muhim elementlari qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin: 1) soliq masshtabi;
2) soliqqa tortish bazasini (asosini, negizini) hisobga olish usuli; 3) soliq davri; 4) soliqni hisoblash tartibi; 5) hisobot davri; 6) soliqni to‘lash muddatlari; 7) soliqni to‘lash usuli va tartibi.
Soliq kvotasi – soliqqa tortishning ma’lum birligidan olinadigan soliqning miqdori, hajmi, o‘lchami.
Soliqqa tortish – qonuniy ravishda o‘rnatilgan soliq undirish (olish) tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy funksiyasidir. Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat xo‘jalik konyunkturasining xolatiga ta’sir ko‘rsatadi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Soliqqa tortishning boshqa bir funksiyasi pul mablag‘larini qayta taqsimlashdir. Soliqqa tortishning bir-biridan farq qiluvchi digressiv, progressiv, proportsional va regressiv turlari mavjud.
Soliqqa tortish manbai - soliqlarni to‘lash uchun foydalaniladigan rezerv, odatda, soliq to‘lovchining daromadi va kapitali. Eng umumiy shaklda soliqqa tortish manbai bo‘lib soliqqa tortish obyektidan qat’iy nazar ijtimoiy takror ishlab chiqarish asosiy qatnashchilarining va davlatning birlamchi pul daromadlarini shakllantiruvchi yalpi ijtimoiy (ichki) mahsulot hisoblanadi.
Soliqqa tortish normasi – soliqqa tortiladigan qiymatning haqiqiy qiymatga nisbati.
Soliqqa tortish obyektlari – qonunga muvofiq foyda (daromad), ma’lum bir mahsulotlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, molmulkni berish (meros, hadya etish), qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa tortilishi mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin