Moliya va soliqlar


Soliq to‘xtatuvchanligi (to‘sqinchiligi)



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə186/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   214
Moliya va soliqlar

Soliq to‘xtatuvchanligi (to‘sqinchiligi) – soliq progressiyasining noproportsionalligi bilan xarakterlanadigan soliqqa tortish tizimi. Ma’lum darajadan yuqoridagi daromadlarga yanada yuqoriroq (ko‘proq) soliq o‘rnatiladi. Buning natijasida yuqori daromadga ega bo‘lish foydasiz bo‘lganligi uchun tijoriy faoliyat susayadi (pasayadi).
Soliq to‘lovchilar – qonun hujjatlariga ko‘ra soliq to‘lash majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hamda to‘lovchilarning boshqa toifalari.
Soliq davri - soliq bazasining (negizining, asosining) shakllanish jarayoni tugaydigan muddat. Bu muddatda soliq majburiyatining yakuniy hajmi (miqdori) aniqlanadi. Qonun tomonidan belgilangan soliqqa tortish davri davomida bir obyekt soliqning bir turi bo‘yicha bir marta soliqqa tortilishi mumkin.
Soliq tushumlarini bashoratlash (prognozlashtirish) – aniq va miqdoriy jihatdan aniqlangan shaklda soliq tushumlarining hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyekti va subyektiv omillarni oldindan ko‘rish va bilish instrumenti. Soliq tushumlarini bashoratlash perspektiv xarakterdagi tadqiqot hisoblanib, uni ishlab chiqishda (yaratishda) real iqtisodiy shartlar va jarayonlar hisobga olinishiga qaramasdan u ehtimollik, dastlabkilik xarakteriga egadir. Mamlakat yoki aniq bir mintaqa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining kompleks dasturi bashoratlashning asosidir. Shu bilan birgalikda bunda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan cheklanishlar(chetlanishlar, og‘ishlar), hukmron tendentsiyalar (oqimlar) va ularni farq qilish sohalarini aniqlashga ham e’tibor bermoq lozim. Bashoratlash shoshilinch (operativ) (bir oygacha), qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq) kabi turlarga bo‘linishi mumkin. Xilma xil davriy gorizontlarga (ufqlarga) ega bo‘lgan istiqbolni belgilashning (bashoratlashning) mazmuni istiqboli belgilanayotgan jarayonlarning tabiati bilan belgilanadi: qanchalik barqarorlik bo‘lsa, bashoratlash gorizonti (ufqi) shunchalik keng bo‘ladi. Bashoratlash hisob-kitob qilinayotganda o‘tgan davrlarda soliqlarning qanchalik tushib turganligini xarakterlaydigan haqiqatdagi dinamik qatorlar ham hisobga olinishi kerak.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin