8. Makro va mikro kulamda moliyaning amal qilish xususiyatlari
Mamlakat iqtisodiyoti – murakkab xalq xo‘jaligi kompleksi bo‘lib uning barcha soha va tarmoqlari ham bir tekis rivojlanmaydi, chunki jamiyat ehtiyojlari tez-tez o‘zgaruvchan bo‘lib, ishlab chiqarish esa bu o‘zgarishlarga moslashishga harakat kiladi. Buning natijasida iqtisodiyotda ayrim tarmoqlar rivojlanishining ilgarilab ketishi, ayrim soha va tarmoqlarning esa orqada kolishi mumkin. Anna shu nomutanosibliklarni bartaraf etish, butun xalq xo‘jaligi kompleksining balansi rivojlanishini ta’minlash iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bozor sharoitida iqtisodiyotnt boshqarish va tartibga solish, avvalo , o‘z- o‘zini tartibga solish va boshqarish orqali amalga oshiriladi. O‘z-o‘zini boshqarish:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligiga;
Sheriklarni va ular bilan bo‘ladigan munosabatlar tanlash erkinligiga;
O‘z faoliyati usulidan mustakil foydalanish erkinligiga asoslanadi.
O‘z-o‘zini boshqarish bozorning shu jumladan moliyaviy bozorning amal qilishi bilan ta’minlanadi, lekin ayrim xollarda o‘z-o‘ziri boshqarish iqtisodiyotni barqarorlashtirishga kuchsizlik kiladi va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini takazo etadi.
Davlatning aralashuvi quyidagilarni xal qilish uchun zarur.
Yirik tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash;
Iqtisodiy rivojlanishning samarali yangi yo‘nalishlarini ko‘llab kuvvatlash;
Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish bilan.
Davlatning moliyaviy usullar yordamida iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi:
Birok shuni alohida ta’kidlash lozimki, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’lum chegaraga ega bo‘lib, faqat qonun yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak.
Iqtisodiyotni moliyaviy tartibga solishda moliya tizimining bo‘gin va sohalari:
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar (xo‘jalik sub’ektlari) moliyasi
Sug‘urta tashkilotlari moliyasi;
Xo‘jalik ichidagi va xo‘jliklararo nisbatlarni tartibga solishda asosan korxonalar moliyasi ishtirok etadi.
Davlat byudjeti esa tarmoqlararo, xududlararo, nisbatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.
Moliyaviy tartibga solish usullari quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilishi lozim:
Yangi tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy ko‘llab kuvvatlash;
Soliqka tortishning egiluvchan mexanizmi orqali axoli katlamlarining ijtimoiy ximoyasini ta’minlash;
Sug‘urta turlarini rivojlantirish orqali moliyaviy tanglikka tushish ehtimolini kamaytirish;
Turli moliyaviy fondlar (investitsiya fondi, pensiya fondi)ni tashkil etish orqali turli ijtimoiy ehtiyojlarni kondirish;
Soliq imtiyozlari, sanksiyalari mexanizmi orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va iste’molni tartibga solish;
Davlat harajatlarini davlat investitsiyalari orqali ilgor texnologiyalar, fan yutuqlari joriy qilishni ta’minlash;
Amortizatsiya siyosati orqali korxona moliya resurslarini jamg‘arishga, ular asosiy natijalarining yangilanish darajasiga ta’sir ko‘rsatish.
Foydalanish doirasida ijtimoiy rivojlanish jarayonlariga moliyaviy ta’sirning uch asosiy yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin, ya’ni:
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talab-ehtiyojlarini moliyaviy ta’minlash;
Iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish;
Faoliyatning eng yaxshi natijalarini moliyaviy rag‘batlantirish.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda moliyaviy mablag‘lardan foydalanish muayyan natijalarga olib keladi, bu natijalarda shu kategoriyaning roli aniq ko‘rinadi. Moliyaviy mablag‘larning roli muomalada bo‘lish shart sharoitlari jamoat ishlab chiqarishiga ta’sir yo‘nalishlari, boshqa taqsimot kategoriyalari bilan bog‘liqligi o‘zgarishi kabi omillarga mos ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Birok turli tarixiy davrlarda moliyaviy mablag‘lardan foydalanish evaziga olinadigan natijalarning xilma xilligidan qat’iy nazar yagona omil - moliyaviy mablag‘lar vositasi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati o‘zgarmas va daxlsiz bo‘lib kolaveradi.
Ishlab chiqarishni moliyaviy ta’minlash – bu xo‘jalik sub’ektlari va davlat jamg‘argan mablag‘lar hisobiga ketgan ishlab chiqarish harajatlarini koplashdir. Moliyaviy mablag‘lar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida shakllantiriladi, keyin ular maqsadli sarmoya fondlari orqali ta’minlanadi va muayyan maqsadlarda foydalaniladi.
Moliyaviy mablag‘larning mutassil shakllantirilishi, ulardan okilona foydalanish ulkan ahamiyatga ega, chunki moliyaviy mablag‘lar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim sarmoyasi negizi xalq turmishi moddiy va ma’naviy darajasini manbai hisoblanadi. Moliyaviy mablag‘lar xajmining kamayishi iqtisodiyotni rivojlantirishga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini, dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning xal kilinishini kiyinlashtiradi. Bu ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga sarmoya kiskartirilishi, tasarrufdagi milliy daromad tarkibida iste’mol fondi kamayishiga olib keladi. Moliyaviy mablag‘larning yetishmovchiligi ijtimoiy ishlab chiqarishning natural tovar va qiymat strukturasini nomutanosibligiga, turli nomuvofikliklarga olib keladi.
Nazorat uchun savollar:
Moliya haqida umumiy tushuncha bering.
Moliyaning nazorat funksiyalari haqida nima tushuniladi?
Moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashning kanday yunalishlari mavjud va ular qaysilar?
Davlatning moliyaviy usullar yordamida iqtisodiyotga aralashuvi kanday vositalar orqali amalga oshiriladi?
Iqtisodiyotni moliyaviy tartibga solishda moliya tizimining bug‘inlari va sohalari haqida gapiring.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi amal kiladigan ob’ektlari haqida ma’lumot bering.
Moliyaning nazorat funksiyasi amal kiladigan sohalari haqida tushuncha.
O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya kanday amal kiladi?
Dostları ilə paylaş: |