Moliyaning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari Moliyaning funksiyalari Moliya-davlat tovar-pul munosabatlari


O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida moliya



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə7/8
tarix19.08.2023
ölçüsü40,14 Kb.
#139925
1   2   3   4   5   6   7   8
7. O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida moliya
O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyotining hozirgi bosqichida moliyaviy resurslarni jamlash, ularning davlat o‘z funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda usullarida namoyon bo‘luvchi tadbirlar yig‘indisidir. Ma’lum mamlakatning moliyaviy siyosati kator omillarga: tarixiy sharoitlar, iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlar, ularga erishish muddatlari va xattoki milliy udumlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi iktiodiy sharoitda moliyaning taraqqiyoti ana shunday omillarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ijtimoiy hayotning bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti jarayonida evolyutsion rivojlanish va davlat tuzumining barqarorlik davrida davlatning ichki va tashqi moliyaviy siyosati mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab kolish va o‘zgartirishga yunaltirilgan. Inkilobiy o‘zgarishlar davrida mavjud tuzumni tezrok o‘zgartirishdan manfaatdor siyosiy kuchlar uni bo‘zish va yangi ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishga yunaltirilgan siyosat olib boradilar. Moliyaviy siyosat – bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (mablag‘larni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yunaltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisidir. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi taraqqiyoti bosqichidagi moliyada u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, davlat moliya siyosati faqat iqtisodiy siyosatga boglab muammolarni xal etishga qaratilgan. Hozirgi zamon rivojlangan davlatlarida davlatning kafolatchi sifatidagi faoliyati ham rivojlangan kit’alarda davlat kafil bo‘lishi orqali kredit munosabatlarining asoslanganligi aniqlashib bormokda.
Moliyaviy siyosatning samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji kanchalik kondirilganligi, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligini baxolanishi lozim.
O‘tish sharoitlarida moliya munosabatlari rivojlanishining umumiy yunalishlari katoriga birinchi navbatda moliyadan foydalanishda sinfiy yondashishini shakllantirish, ularni xususiy mulkini kulga olish kuroliga aylatirish, asosan inkilobiy islohotlarni kullab-kuvvatlagan sinf va guruhlarning manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan. Mamlakatimiz va Sharkiy Yevropa davlatlari jamiyatni inkilob yordamida tub o‘zgartirishgaurinishlar kutilgan natijalarni bermadi. Moliyaning hozirgi taraqqiyot bosqichida byudjet masalalariga e’tibor berish kuchaydi. Byudjetli moliyalashtirish ham rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega bo‘ldi. Iqtisodiyot rivojlanishinning hozirgi bosqichida byudjetli moliyalashtirishning rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish davlat sarmoyalarining yuqori yakuniy xalq xo‘jalik natijalariga erishish, katta moliyaviy naf olishga yunaltirish yuli bilan ta’minlanishi mumkin. Ijtimoiy rivojlantirish jarayonlarini rag‘batlantirishda moliyaviy imtiyozlar va jarimalar tizim muhim rol uynaydi. Moliyaviy imtiyozlar ishlab chiqarishga pul resurslarini yanada samarali sarmoyalashtirishning imkoniyatlarini kengaytiradi va bu bilan o‘zining o‘sishi va takomillashuvi uchun makbo‘l shart-sharoitlarni yaratadi.
Moliyaviy imtiyozlarga, masalan asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiyani utkazishga ruxsat, ilmiy texnik ishlanmalargai yunaltirilgan korxonalar foydasining bir qismiga soliq solish solishdan ozod qilish, tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni utkazish va xokazolar kiradi. Jarimalar (sanksiya) bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyat yakuniy natijalari, shartnoma, hisob-kitob va moliya intizomi talablarining bo‘zilishi uchun moddiy ma’suliyatni kuchaytiradi.
Afsuski, o‘zaro moliyaviy bog‘liqliklarning mavjud tizimida imtiyozlardek bo‘lgani kabi, jarimalardan ham xalq xo‘jalik yuritishning eng yaxshi natijalariga erishish manfaatlarida hozircha yetarli darajada foydalanilmayapti. Amaldagi soliq to‘g‘risidagi qonunlariga kura, imtiyozlar ruyxati ayniqsa foydani qayta sarmoyalash masalasida sababsiz cheklangan, ularning alohida mintakalar spesifikasini hisobga oladigan mamlakat xududi buyicha differinsiyalashgani yo‘q.
Korxonalarni xalq xo‘jaligini rivojlantirishning birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan yunalishlarga yunaltiruvchi imtiyozlar yo‘q. Yakin vaktlargacha byudjet moliyalashtirishga umuman katta mikyosdagi moliyaviy imtiyoz sifatida karalmagan bo‘lib bu, korxonalarning moliya resurslarini shakllantirish paytida boqimandalikning keng yoyilish sabalaridan biri bo‘lib xizmat kiladi. Moliyaviy jarimalarning real va samarali amal kilayotgan bo‘lishi uchun, eng avvalo, sheriklar o‘rtasidagi to‘zilajak shartnomalarning mazmunini o‘zgartirish mumkin.
Moliyaviy siyosatga baxo berish va unga to‘zatish, kushimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyatning ehtijini kondira oladigan xoldagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo‘lajak va yakin kelajakda amalga oshirish vaktlari belgilangan chora-tadbirlar bo‘lishi lozim, faqat shundagina moliyaviy taraqqiyotni muvaffikiyatli amalga oshirish mumkin.



Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin