5. Moliyaning tamoyillari va roli
Moliya jarayonlari kechadigan ko‘p sonli muayyan shakllar mohiyati, tamoyiliga qaraydigan bo‘lsak jamiyatda haqikatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarini ifoda etadigan moliya iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. Moliya mazmunini iqtisodiy kategoriya sifatida tashkil etuvchi munosabatlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular doimo ifodaning pul shakliga ifodasi bo‘ladi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida moliyaning roli tubdan uzgardi. Insonning mehnat qilishga intilishlarini faollashtirishga chorlovchi asoslar nafaqat mehnatga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va daromadni taqsimlashda ishtirok etish uchun ham haq to‘lashning shakllari va usullari, xizmat va kasbiy jixatdan o‘sishi mumkinligini kursatadi.
Moliyaning tamoyillari quyidagilar:
Moliyaviy siyosatning qonuniyligi;
Samaralilik;
Moliyaviy siyosatning maqsadliligi;
Moliyaviy siyosatning muvofikligi (zamonga) yetarlilik, optimallik, adolatlilik (moliyaviy mablag‘larni taqsimlashda);
Harajatlarni daromad doirasida taqsimlashga;
Moliyaviy axborotlarning asosliligi va isbotlanganligi;
Moliyaviy talablarning aniqliligi va mantikiyligi.
Bo‘lardan ko‘zlangan maqsad, moliyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishiga keng hissa qo‘shgan xolda, iqtisodiyotning qayta ishlab chiqarish sohasidagi to‘rt bosqichni ham rivojlanishini ko‘zda tutgan. Har kanday jamiyat davlat o‘z funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish, belgilangan maqsadlarga erishish uchun moliyadan foydalaniladi. Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda moliya siyosati qonuniyligi muhim rol uynaydi. Uni ishlab chiqarish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. Ular iqtisodiy qonunlar talablarini o‘rganish, xo‘jalikning rivojlanish axvoli, ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari axvoli talab ehtiyojlarining rivojlanish istikbollarini taxlil etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |