Moliyaning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari Moliyaning funksiyalari Moliya-davlat tovar-pul munosabatlari


Iqtisodiyotning erkinlashuv sharoitida moliyaning ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va funksiyalarining amal qilish xususiyatlari



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə4/8
tarix19.08.2023
ölçüsü40,14 Kb.
#139925
1   2   3   4   5   6   7   8
4. Iqtisodiyotning erkinlashuv sharoitida moliyaning ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va funksiyalarining amal qilish xususiyatlari
Xo‘jalik boshqaruvining ma’muriy – buyruqbozlik tizimi hukmron bo‘lgan davrda moliyaning miqdor va sifat jixatidan ijtimoiy ishlab chiqarishga ta’siriga yetarlicha ahamiyat berilmay keldi. Korxonalarning yaxshi ishlash evaziga erishilgan moliyaviy resurslari har doim ham uzlari uchun ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jixatdan qayta kurollanish imkonini bermasdi. Moliyaviy resurslar markazlashgan tartibda foydadan ajratmalar, majburiy to‘lovlar kurinishida byudjetga undirib olinib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish davlat rejasiga kura qayta taqsimlanardi.
Bu sharoitda korxonaning ishlab chiqarishni yaxshilash, samaradorlikni oshirishga bo‘lgan moddiy maanfaatdorlik susaygan edi. Byudjet tomonidan moliyalashtirish esa boqimandalik, moliyaviy resurslardan foydalanishda ma’suliyatsizlik kayfiyatlarini tugdirardi. Moliya tizimining barcha sohalaridagi un yilliklar davomida deyarli uzgarmay kelayotgan moliyaviy munosabatlar shakllari ijtimoiy taraqqiyotiga tuskinlik kila boshladi. Natijada 90-yillar boshida tubdan qayta uzgarishlar jarayonlari boshlanadi va ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliyaviy munosabatlarining yangi shakllarini ishlab chikish vajoriy etish vazifasi kundalang bo‘ldi. Chunki moliya ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida (ishlab chiqarish, boshlash, taqsimot va iste’molda) ishtirok etadi.

Moliyaning ijtimoiy rivojlanishi jarayonlariga ta’sir etishning 3 yunalishini ajratish mumkin:



  • Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini moliyaviy ta’minlash;

  • Iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish;

  • Moliyaviy rag‘batlantirish;

Takror ishlab chiqarish moliyaviy jixatdan ta’minlash- bu barcha ishlab chiqarish harajatlarini xo‘jalik sub’ektlari va davlat kulidagi moliyaviy resurslar hisobiga koplashdir.


Moliyaviy resurslar- bu YAIM va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlatning kulidagi u yoki bu vaktda bo‘lgan pul daromadlari va jamg‘armalari yig‘indisidir.
Moliyaviy resurslarning xajmi va tarkibi ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga, uning samaradorligiga bevosita bog‘liq. Ishlab chiqarish masshtablari kancha yirik, uning samaradorligi yuqori bo‘lsa, moliyaviy resurslarning xajmi shuncha katta bo‘ladi. Uchinchi navbatda, ishlab chiqarishga jalb kilingan moliyaviy resurslar uning o‘sishiga va takomillashuviga shart-sharoit yaratadi.
Moliyaviy resurslarning manbalari quyidagilar:

  1. Milliy daromad. Milliy daromadning sof daromad qismi moliyaviy resurslarning asosiy manbasi xioblanadi.

  2. Tashki iqtisodiy aaloqalardan tushumlar. Bu manbaga ayniqsa, mustakillik yillarida alohida ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlariga o‘tishning 1-bosqichidayok (1992-94 yillar) O'zbekiston BMT, XVF, Jaxon banki, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Yevropa Ittifoki kabi nufuzli tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan faol iqtisodiy hamkorlik kilmokda. Dastlab XVFdan 74 mln. AKSH dollari, Jaxon bankidan 160 mln. AKSH dollari, 1993-94 yil ichida 21 mamlakatdan ja’mi 75 mln. AKSH dollari miqdorida turli maqsadlarga muljallangan yordam olindi.

  3. Milliy boylikning bir qismi – byudjet mablag‘larining yildan-yilga utuvchi qoldiklari.

Sug‘urta tashkilotlarining rezerv fondlari;
Mamlakat oltin zahiralarining bir qismini sotishdan tushgan tushum;
Ortikcha mulklarni sotishdan tushum va boshqa;
Qarzga olingan va jalb kilingan mablag‘lar:
Bank kreditlari;
Kreditorlik qarzlari;
Aksiya va obligatsiyalar chiqarishdan tushum.

Moliyaviy munosabatlarning turli-tumanligi moliyaviy resurslarning ham turli-tumanligini chiqaradi. Moliyaviy resurslarning asosiy elementlari quyidagilar:



  • Foyda;

  • Turli soliqlar;

  • Sug‘urta tashkilotlarining mablag‘lari;

  • Amortizatsiya ajratmalari;

  • Tashki iqtisodiy aloqalardan tushum;

  • Axolidan tushumlar.

Moliyaviy resurslarning o‘sishiga bir kator omillar ta’sir kursatadi. Moliyaviy resurslarning o‘sishi mamlakat milliy daromadning xajmi va uning o‘sishiga bog‘liq ekan, daromadning o‘sishiga ta’sir etuvchi barcha omillar moliyaviy resurslarning ham o‘sishiga ta’sir kursatadi.



Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin