6. Markazlashgan iqtisodiy sharoitda moliyaning taraqqiyoti Moliyaviy zahiralar, avvalo, xo‘jalik sub’ektlari uchun zarur. Ularda markazlashgan moliyaviy mablag‘lar shakllantirilib, bu mablag‘lardan ishlab chiqarishni kengaytirish (xizmat ko‘rsatishni ham) va ishchi xizmatchilarning ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini kondirishda foydalaniladi. Markazlashgan moliyaviy mablag‘lar evaziga shaklantiriladigan maqsadli pul jamg‘armalari kapital sarmoyalarga, aylanma mablag‘larni ko‘paytirishga, ilmiy texnikaviy yutuqlarni moliyaviy ta’minlashga, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazishga, ijtimoiy xususitga ega ehtiyojlarni ta’minlashga va boshqalarga yo‘naltiriladi. Moliyaviy zahiralar hisobida kayd etilgan sarf harajatlarning kilinishi mikro darajada yoki quyi bo‘ginda ishlab chiqarish jarayonlarini sarmoya bilan ta’minlash imkonini beradi.
Mablag‘larni shu tarika safarbar etish natijasida katta daromad keltiradigan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari kengayadi. Yangi texnologiyalar va ekologik toza ishlab chiqarishni rivojlantirish sharoitlari yaratiladi, ijtimoiy ishlab chiqarishning qayta ishlab chiqarish, tarmoq va xududiy tarkiblari kabilar uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashning uch asosiy yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
korxanalarni texnikaviy qayta jixozlashni moliyaviy ta’minlash, buning natijasida yangi dastgohlar va qurilmalar paydo bo‘ladi, muayyan tarmoq uchun xos mehnat vositalari jiddiy o‘zgaradi, ishlab chiqarishni kompyuter bilan ta’minlash kuchayadi va boshqalar;
ishchi kuchini yuzaga keltirish, ularni kasbga o‘rgatish, malakalarini oshirish, ishlab chiqarishning yangi jarayonlarida ishlay oladigan tarzda qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq moliyaviy harajatlar. Bu tadbirlarni moliyaviy ta’minlash natijasida mehnat zahiralarining umumta’lim va ilmiy texnikaviy saviyasi oshib, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari ortadi, yuqori unumdor mehnat sharoitlari ta’minlanadi;
Ijtimoiy ishlab chiqarishning tarmoq va xududiy tarkiblarida ildamlashni ta’minlovchi dasturlarning izchil amalga oshish, xalq xo‘jaligidagi nisbatlarni davr talab ehtiyojlaridan kelib chiqib takomillashtirish. Iqtisodiyotning muhim tarmoqlari ayniqsa mashinasozlikni jadal rivojlantirish ijtimoiy madaniy sohaning ravnaq topishida, xalq xo‘jaligi rivojlanishining ustun yo‘nalishlarini zahiralar bilan ta’minlashda moliyaviy mablag‘larning ahamiyati bugungi kunda juda kattadir.
Iqtisodiyotni rag‘batlantirishda moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy rag‘batlantirish kabi rag‘batlantiruvchi fondlarning shakllantirilishi va ulardan foydalanishga katta e’tibor berilmokda. Bunday fondlar quyi xo‘jalik darajalarida – korxonalarda tashkil etilib, ishchi xizmatchilarning jadal va samarali mehnatga da’vat etishga, mehnat jamoalari faoliyatining yakuniy natijalaridan manfaatdorligini ortishiga qaratilgan bo‘ladi. Bunda rag‘batlantirish fondlarini shakllantirish manbalarini maxsus tanlash, ularni shakllantirish va ulardan samarali foydalanishning alohida tartibi va qoidalari vositasida erishiladi.
Bozor munosabatlariga o‘tilishida moliya – xo‘jalik faoliyatining eng yaxshi natijalarini maxsus rag‘bat fondlari vositasida rag‘batlantirish tizimi tubdan o‘zgartirildi. Birinchidan, ilgari yuqori boshqaruv tashkilotlari belgilab qo‘yadigan rag‘batlantirish fondlarini shakllantirish va ularni foydalanish tartiblarini qat’iy ramkalarga solishdan voz kechishdan to‘g‘ri kelgan ikkinchidan rag‘batlantirish fondlari tizimini rang-barang qilish kerakligi shunday qayta ko‘rishni takozo etadi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va samaradorligini oshirishda byudjet vositasida rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. Uning boshqa moliyaviy rag‘batlantirishdan farqi rag‘batlantirish sub’ekti sifatida davlat maydonga chiqadi. Bir tamondan korxonalarning byudjetga to‘lovlari tizimi iqtisodiy rag‘batlantirish sifatida maydonga chiqa oladi. Bunda turli soliq shakllarining tartibga keltiruvchi va rag‘batlantiruvchi xususiyatlari uyg‘unlashib ketgan. Ikkinchi tamondan esa byudjetdan moliyaviy ta’minlash tizimi ham iqtisodiy rag‘batlantirish vositasi bo‘la oladi, unda uni barcha jixatlarining rag‘batlantiruvchanlik yo‘nalishi ta’minlanadi.
Byudjetga to‘lovlar va byudjetdan moliyaviy ta’minlash tizimining ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish rag‘batiga aylantirilishi shunga asoslanganki pul vositalarini byudjetga safarbar etish usullari, byudjetdan ajraladigan mablag‘larni yo‘naltirish va tartiblarini xo‘jalik sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlari bilan boglash mumkin. Byudjet daromadlari singari byudjetdan moliyaviy ta’minlash ham rag‘batlantirish bo‘la olmaydilar, ularda ishlab chiqarish katalizatorlari bo‘lish imkoniyatlarigina mavjuddir. Daromadlar va byudjet harajatlarining real iqtisodiy rag‘batga to‘lov miqdori hisoblanishining tegishli tartibi tufayli aylanadi, bu mablag‘ to‘lovchi faoliyatining yaxshi bo‘lishidan va xo‘jalik sub’ektlariga byudjet mablag‘lari berilishining tegishli qoidalari, shakllari va usullarini o‘z ichiga oluvchi byudjetdan moliyaviy ta’minlashni to‘g‘ri shakllantirish tizimidan manfaatdor bo‘ladi.
Iqtisodiy rag‘bat sifatida byudjet daromadlarining rivojlantirilishi istikbollari, birinchidan, to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi usullarini takomillashtirish, ikkinchi tamondan esa sanksiya xususiyatiga ega moliyaviy choralardan foydalanish bilan bog‘liqdir. Byudjet daromadlari va harajatlari korxonalarning eng yaxshi xo‘jalik samaradordigidan shunchaki emas, balki chinakkam manfaatdorligini yuzaga keltira olishi bu borada eng muhimi hisoblanadi.