Moliyaviy audit fanining predmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyatlar yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, mehnat va moddiy resurslardan foydalaniladi. Korxonaning aktivlari doimo daromadga, foyda olishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Auditning milliy andozalari iqtisodiyotimizning bozorga o’tish tamoyillari asosida tuzilgan. Auditor audit jarayonida turli usullarni mustaqil belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning maqsadi, predmeti va vazifalariga bevosita bog’liq. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:

Gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga
olgan holda o’rganiladi)
Tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan faoliyat ko’rsatkichlari omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi)
Solishtirish usuli (iqtisodiy xodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes reja bilan
solishtirish)
Inventarizatsiya va xujjatlashtirish usuli (korxonadagi haqiqiy aktivlar va
majburiyatlarning hisob ma’lumot
lariga mosligi mosligi tekshiriladi)
Taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar
tasdiqlovchi nazoratdan o’tkazadi)
Audit fanining usullari
Ekspertiza usuli (hujjatlarining realligi, mahsulotning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi)
Kalkulyatsiya usuli
( mahsulot (ish-xizmat)larning tannarxi, va ularning sotilish bahosi ning to’g’riligi aniqlanadi
Balans usuli (korxona aktivlari va
majburiyatlarining ma’lum muddatdagi holati, ularning joriy hisob ma’lumotlariga moslash)
Buxgalteriya schyotlari va ikki yoqlama yozuv usuli (korxona aktivlari va majburiyatlarning harakatini, qoldigini tekshirish)