22-modda. Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
22-modda. Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Talabgor dastlabki besh yillik muddatga sertifikat olish uchun vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
Pasportining ko‘chirma nusxasini;
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatning yoxud chet davlatda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi tegishli vakolatli davlat organi guvohnomasining ko‘chirma nusxasini;
Belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda);
Mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini (o‘rindoshlik asosida ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan holda, shuningdek xorijdagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatni) yoki “yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmani;
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma nusxasini.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma nusxasini.
Auditor sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun uning dastlabki besh yillik muddati yoki navbatdagi o‘n yillik muddati tugashidan uch oy oldin, biroq sertifikatning amal qilish muddati tugashidan ko‘pi bilan olti oy oldin vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
Belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda);
Mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini yoki “yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmani;