Moliyaviy audit fanining maqsadi, vazifalari, funksiyalari

Sertifikat vakolatli davlat organi tomonidan malaka komissiyasining bayonnomalari olinganidan keyin o‘n kunlik muddatda rasmiylashtiriladi va o‘zbekiston respublikasi hududida yuridik kuchga ega bo‘la

Yüklə 2,55 Mb.
səhifə7/11
tarix26.09.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#148968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Moliyaviy audit fanining maqsadi, vazifalari, funksiyalari

Sertifikat vakolatli davlat organi tomonidan malaka komissiyasining bayonnomalari olinganidan keyin o‘n kunlik muddatda rasmiylashtiriladi va o‘zbekiston respublikasi hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan e’tiboran bir oylik muddatda vakolatli davlat organiga sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish auditor qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan sertifikatning asl nusxasini va tegishli o‘zgartishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida amalga oshiriladi. Qayta rasmiylashtirish chog‘ida avval berilgan raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati ko‘rsatilgan sertifikatning yangi blankasi beriladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi yo‘q qilinadi.

Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o‘rniga auditorning sertifikatning dublikatini berish to‘g‘risidagi arizasiga asosan uning dublikati beriladi. Sertifikat yo‘qolganligi to‘g‘risidagi axborot vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Sertifikatning dublikati aynan o‘sha raqamda va ilgari belgilangan amal qilish muddatiga, sertifikatning yangi blankasida “dublikat” degan yozuv albatta kiritilgan holda beriladi.

Yaroqsiz holga kelgan sertifikat vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish yoki uning dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin