Sertifikat dastlabki besh yillik muddatga beriladi, uning amal qilishi navbatdagi o‘n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi.
Talabgorda xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lgan hamda u ushbu qonunning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan taqdirda, sertifikat unga malaka imtihonini topshirmagan holda dastlabki besh yillik muddatga beriladi va belgilangan davriylik bilan uzaytiriladi.
Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgorlarning bilimlarini malaka komissiyasi tomonidan tekshirish tartib-taomili malaka imtihonidir.
Malaka imtihonini o‘tkazish tartibi o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Auditorda kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish staji mavjud bo‘lgan va u ushbu qonun 22-moddasining ikkinchi qismida belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sertifikatning amal qilish muddati malaka imtihoni topshirilmagan holda uzaytiriladi.
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini qayta topshirish uchun malaka imtihonida ishtirok etgan sanadan e’tiboran kamida bir oydan so‘ng hujjatlarni taqdim etishga haqli.
21-modda. Sertifikat olish uchun talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
21-modda. Sertifikat olish uchun talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
Sertifikat olish uchun talabgor oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi o‘n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida yoki oliy ta’lim tashkilotida “buxgalteriya hisobi” yoxud “audit” fanidan dars berish sohasida ish stajiga (shu jumladan o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi kerak.
“Buxgalteriya hisobi” va “audit” ixtisosliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan talabgor uchun auditorlik tashkilotida kamida bir yillik ish staji (shu jumladan o‘rindoshlik asosida) talab qilinadi.
Talabgorning iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan taqdirda, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ish staji talab etilmaydi.