Moliyaviy hisob va hisobat


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə62/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Ishlab chiqarish zaxiralari deganda nimani tushunasiz?

  2. Ishlab chiqarish zaxiralarining qanday turlari mavjud?

  3. Ishlab chiqarish zaxiralari qaysi baholarda bahola-nadi?

  4. Materiallar harakati qaysi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?

  5. Materiallarning ombordagi va buxgalteriyadagi hiso-bi qanday tashkil qilinadi?

  6. TMZlarni hisobga olish vazifalarini sanab bering?

  7. TMZlarni baholash usullarini tushuntiring?

  8. TMZlar harakatini hujjatlashtirish deganda nimani tushunasiz?

  9. TMZlarning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobini yuritish qoidalarini izohlang.

  10. Invetnar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlarini aytib o‘ting.



5-BOB. INVESTITSIYALAR HISOBI
5.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish
“2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish belgilangan.28
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

  • mustahkam moliyaviy institutlarga qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;

  • qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida faoliyati samaradorligini oshirish;

  • qimmatli qog‘ozlarni dastlabki va qo‘shimcha emissiya qilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish;

  • sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sug‘urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish;

  • alohida milliy korxonalar aktsiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash.

Xo‘jalik subyektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o‘rtasida investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror qabul qilish investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun moliyaviy investitsiyalar resurlari oqimini boshqarish investitsiya faoliyatini boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida subyektni uchta izchil bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig‘ish va to‘plash; uni tahlil qilish; boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish.
Investitsiya inglizcha investment so‘zidan olingan bo‘lib, sarmoya qo‘yish degan ma’noni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi29 Qonunining 3-moddasiga binoan, investitsiyalar - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.
Investor — investitsiya faoliyati obyektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti.
Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui.
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalari bajarilishini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin