JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–21_Issue-2_January_2023
62
va boshqa hodisalarning mazmuni ularning huquqiy yoki
belgilangan shakliga har
doim ham muvofiq kelmaydi.
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik.
Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot
ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim.
Moliyaviy hisobot
ma’lumotning tanlash va taqdim etishi bilan qarorlarni qabul qilinishiga yoki oldindan
belgilangan natija yoki yakunga yetishish maqsadida fikrni shakllantirishga o‘z
ta’sirini ko‘rsatsa u betaraf deb hisoblanishi mumkin emas.
Ehtiyotkorlik (konservatizm).
Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga
rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar
esa yetarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho
chiqarish uchun zarurdir. Konservatizm (ehtiyotkorlik) tamoyili bo‘yicha
cheklov
quyidagini taxmin qiladi: agar konseptual tamoyillari va foydalaniladigan
tamoyillariga muvofiq bir hildagi ikki imkoniyat mavjud bo‘lsa, unda, u sof foydaga
va/yoki aktivlarni umumiy summasiga kamroq bo‘lgan ijobiy ta’sirini ko‘rsatadigan
imkoniyatni afzal deb ko‘rish va qo‘llash kerak. Agar daromadlarni baholashda ikki
turlicha bo‘lgan imkoniyatga ruxsat etilsa, hisobotda u eng kichik bo‘lgan bahoda aks
ettirilishi kerak. Agar, buxgalteriya
hisobotida daromadlar, xarajatlar,
foyda va
zararlarni aks ettirishda ikki turlicha imkoniyatlardan qaysi birini qo‘llashni hal etishda
asosli shubha paydo bo‘lsa, sof daromadga eng kam bo‘lgan ijobiy samarani aks
ettiruvchi summa ko‘rsatilishi kerak.
To‘liqlik.
Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot
yetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: