JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–21_Issue-2_January_2023
60
MOLIYAVIY HISOBOTNING SIFAT XUSUSYATLARI
КАЧЕСТВЕННЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ
FINANCIAL REPORTING QUALITY INDICATORS
Dilara Dilshodjon qizi Erkinova
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot fakulteti magistri
dilara.erkinova@mail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada moliyaviy hisobotni tuzishda amal qilish kerak
bo‘lgan qoidalar, moliyaviy hisotning sifat xususiyatlari
va moliyaviy hisobot
elementlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
hisobot elementlari, daromad, xarajat, foyda, zarar, xarajat,
tannarx, sof foyda, hisobot sifati, taqdim etish muddati
Аннотация:
В данной статье описаны правила,
которым необходимо
следовать
при
составлении
финансовой
отчетности,
качественные
характеристики финансовой отчетности и элементы финансовой отчетности.
Ключевые слова:
элементы отчетности, доход, себестоимость, прибыль,
убыток, себестоимость, себестоимость, чистая прибыль,
качество отчетности,
срок представления
Abstract:
This article describes the rules to be followed in the preparation of
financial
statements, the qualitative characteristics of financial statements and the
elements of financial statements.
Key words:
reporting elements, income, cost, profit, loss, cost, cost, net profit,
reporting quality, presentation period
Moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, chunki
ular bir hil operatsiyalar va hodisalarni turli javhalarini aks ettiradi. Hisobotning har
bir shakli boshqalardan farq qiladigan ma’lumotni berishiga
qaramasdan, hech biri bir
ashyo yakkalanib qolmaydi va foydalanuvchilar uchun muayyan ehtiyojlarini aks
ettiruvchi kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotni yetkazib bera olmaydi. Masalan, foyda
va zararlar to‘g‘risidagi hisobot, muvozanat va moliyaviy ahvolni o‘zgarishi haqidagi
hisobotlarning ma’lumotlarisiz foydalansa, korxonaning
moliyaviy natijalari haqida
to‘liq axborotni bera olmaydi. Moliyaviy hisobotning quyidagi sifatlari mavjud:
Tushunarlilik.
Moliyaviy hisobotda taqdim ettirilgan ma’lumotning asosiy sifati,
bu foydalanuvchilar tomonidan tushunarli bo‘lishidadir. Bunda, faraz qilinadiki,
foydalanuvchilar xo‘jalik va iqtisodiy faoliyat sohasida, buxgalteriya hisobi sohasida
yetarlicha bilimlarga ega bo‘lishi, shuningdek talab qilinadigan darajada qunt bilan
harakat qilish istaklari bo‘lishi lozim. Biroq,
murakkab savollarga taalluqli,
foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlarni qabul qilishi uchun o‘rinli bo‘lgan ma’lumot,