JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–21_Issue-2_January_2023
63
Izchillik.
Hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi deb
hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi
o‘zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot
davrida ularning moliyaviy
hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
O‘z vaqtida taqdim etish.
Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi
bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish
uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga
qadar
hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa
tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa,
hatto eng
ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi,
chunki ular
ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik
o‘rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy
qarorlarni qabul qilishda
foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini
hal etish kerak.
Dostları ilə paylaş: