34
Xulosa
Umuman, Oʼzbekiston Respublikasida aktsiyadorlik
jamiyatlarida soliqlarni
rejalashtirishning
hozirgi
zamon
xususiyatlarini
umumlashtirib
quyidagi
xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Аktsiyadorlik jamiyatlari moliyasiga bugungi kunda bunga eʼtibor
kuchayib bormoqda. Mamlakatimizda xususiy aktsiyadorlik jamiyatlari sonini
koʼpaytirish lozim, chunki, xususiy aktsiyadorlik jamiyatlarining koʼpayishi oʼz
navbatida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish samaradorligi oshishiga
hamda davlat byudjetiga soliqlar tushumining ortishiga xizmat qiladi.
2.Аksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish
metodologiyasiga
yangicha yondoshish zarur, uning omillarini chuqur ilmiy tahlil qilish lozim va
ularni samarali boshqarish tadbirlarini ilmiy asoslash zarur.
3. Аksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish
amaldagi qonunchilik
doirasidagi takror ishlab chiqarish jarayonlarining eng koʼp samarasini
taʼminlovchi resurslarni ular yoʼnalishlari boʼyicha taqsimlash orqali soliqqa
tortiladigan moliyaviy resurslar hajmi va tarkibini aniqlashdek zaruriy jarayondir.
4. Аksionerlik jamiyatlari soliq menejmentining mustaqil boʼgʼini
sifatida
soliqlarni rejalashtirish oʼz funktsiyalariga, rioya etilishi lozim boʼlgan
tamoyillarga hamda soliq toʼlovchilar duch kelishi mumkin boʼlgan soliq risklariga
ega.
5.Аksionerlik
jamiyatlarida
soliqlarni
rejalashtirish
soliqlarni
optimallashtirish va soliq toʼlovlarini qonuniy tarzda minimallashtirishdek
korporativ soliq menejmentining muhim ikki yoʼnalishi uzviy bogʼliqligi
va bir-
birini taqozo etuvchanligida namoyon boʼladi va samarali amal qiladi.
6. Oʼz tarkibiga soliqlarni optimallashtirish va soliq toʼlovlarini
minimallashtirish tadbirlari va samarali vositalarini oluvchi soliq logistikasi
asosida aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirishning tashkiliy tarkibi,
uning mazmuni va mezonlari ilmiy asoslab berilishi muhim. Bu jihatdan ―soliq
logistikasi‖ - belgilangan joyda belgilangan vaqtda eng
kam soliq majburiyatlari
bilan eng koʼp foyda normasini olish imkonini beruvchi turli faoliyat turlarining
majmuini anglatadi.
7. Аksionerlik jamiyatlarida soliqlarni optimallashtirish usullari,
jumladan,
korxonaning hisob, investitsiya, innovatsiya,
baho va shartnoma siyosati
mutanosibligi
asosidagi
harakatlarning
Yoʼl
xaritasi
asosida
soliqlarni
rejalashtirishning optimal sxemasi ishlab chiqilishi lozim.
8. Korporativ soliq menejmentida aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni
rejalashtirish samaradorligini baholashda foydaning soliq sigʼimi koeffitsienti,
ishlab chiqarilgan mahsulotning soliq sigʼimi koeffitsienti, imtiyozli soliqqa tortish
koeffitsienti koʼrsatkichlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.