29
haqiqiy egalari mol-mulkidan samarali foydalanish orqali qoʼyilgan maqsadga
erishish jarayonini umumiy boshqarishda namoyon boʼlsa,
korporativ menejment
tashkil etilgan kompaniya mol-mulkini samarali boshqarish orqali qoʼyilgan
maqsadga erishishni tashkil etishda koʼzga tashlanadi.
Taʼkidlash
joizki,
mamlakatimizda
iqtisodiyot
tarmoqlarini
raqobatbardoshligi oshirish maqsadida, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni
yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni
optimallashtirish uchun 2017-2021 yillarda ―Аktsiyadorlik jamiyati shaklidagi
tadbirkorlikni rivojlantirish boʼyicha kafolatlash fondini tashkil etish, bunda:
- ustav kapitalining boshlangʼich miqdorini Oʼzbekiston banklari
assotsiatsiyasi, davlat organlari va tijorat banklari – muassislar ulushlari hisobiga
shakllantirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan yangi
texnologik uskunalarni sotib olishga beriladigan
kreditlarning garov bilan
qoplanmagan qismini taʼminlash‖ vazifalari qoʼyildi.
Ushbu vazifalarning bajarish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taqozo
etadi:
- korxonalarning birlashishi va qoʼshib olinishida monopoliyaga qarshi
organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;
- raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga
qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;
- ustun mavqega ega boʼlgan korxonalarning aktsiya va ulushlarini sotib
olishda
tadbirkorlik
subʼektlarining
hujjatlarini
koʼrib
chiqish
tartibini
soddalashtirish;
- manfaatlar toʼqnashuvini bartaraf etish maqsadida shuʼba korxona
tomonidan taʼsischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shuʼba korxona
vakillarining taʼsischi kuzatuvchilar kengashida aʼzoligini taʼqiqlash;
- xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy
jozibadorlikni
yanada oshirish, bunda investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik
bazasini, shu jumladan, ―Xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish
choralari va kafolatlari toʼgʼrisida‖gi, ―Investitsiya faoliyati toʼgʼrisida‖gi
qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini
oʼrganish natijasida toʼgʼridan-toʼgʼri amal qiladigan, investitsiya faoliyati, xorijiy
investitsiyalarning kirib kelishini qoʼllabquvvatlaydigan, xorijiy investorlarning
huquqlarini kafolatlaydigan ―Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʼgʼrisida‖gi
qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
Dasturda belgilangan muhim tadbir korporativ
boshqaruvining zamonaviy
standartlar va usullarini joriy etish, korxonlarni strategik boshqarishda
30
aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi. Аktsiyadorlik jamiyatlarida
soliqlarni rejalashtirishning hozirgi zamon xususiyatlari uning quyidagi jihatlariga
eʼtibor qaratishni talab etayotir:
- aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirishning zarurligi, mohiyati va
funktsiyalarini tadqiq etish;
- korxonada soliqlarni strategik va taktik rejalashtirish metodologiyasi va
amaliyotini yoritish;
- soliq logistikasining - soliqlarni rejalashtirish belgilovchi komponenti
sifatidagi rolini ochib berish;
- soliqlarni optimallashtirish - soliqlarni rejalashtirishning asosiy amaliy
komponenti sifatidagi ahamiyatini yoritish;
-soliq toʼlovlarini minimallashtirish – korxonada soliqlarni rejalashtirishning
ziddiyatli komponenti ekanligini asoslash;
- korxonada ichki soliq nazorati tizimini tashkil
etish tamoyillarini tahlil
etish;
- korxonada soliqlarni rejalashtirish samaradorligi koʼrsatkichlari tahlilining
uslubiyotini yoritish;
- soliq risklari va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan moliyaviy
prognozlashning integratsiyalashgan tizimini ilmiy asoslash;
- aksionerlik jamiyatlari innovatsion taraqqiyoti va rivojlanishning yangi
moliyaviy imkoniyatlarini taʼminlashda soliqlarni rejalashtirish amaliyoti
samaradorligi taʼsirchanligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va h.k.
Darxaqiqat, soliqlarni rejalashtirish moliyaviy resurslarni oshirishga, soliq
bazasi tarkibi va miqdorini tartibga solishga, boshqaruv qarorlari samaradorligiga
taʼsir etishga hamda amaldagi qonunchilik boʼyicha byudjet bilan hisob-kitoblarni
oʼz vaqtida taʼminlashga yoʼnaltirilgan rejali faoliyatlar yigʼindisidir. Mazkur
jarayon bir vaqtning oʼzida lavlat va korxona manfaatlari
nuqtai-nazaridan
qaralganligi bois soliqlarni rejalashtirishni subʼektlar boʼyicha davlat tomonidan
soliqlarni rejalashtirish va korporativ soliqlarni rejalashtirishga ajratgan holda
oʼrganiladi (1-rasm).
Soliqlarni rejalashtirishning ahamiyati soliqlarni maksimal darajada
qisqartish uchun qonunchilik yoʼl qoʼygan usul va vositalar, shu jumladan
qonunchilikdagi boʼshliqlardan soliq toʼlovchilar foydalanishi natijasida uning
prezumptsiya huquqi tan olinishida aks etadi. Bundan tashqari soliqlarni
rejalashtirish soliqlarni oʼz vaqtida va toʼliq toʼlash boʼyicha
chora-tadbirlarni
oldindan belgilashda ham namoyon boʼladi.