Moliyaviy tahlil


Balansli bog’lanish usulini tahlilda qo’llanishi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə26/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Balansli bog’lanish usulini tahlilda qo’llanishi.


Balansli bog’lanish usuli – iqtisodiy tahlilda bir-biri bilan bog’liq bir qancha ko’rsatkichlarning muvozanatiga ishonch xosil qilish yoki o’zro bog’liq ma’lum omillar yordamida nomalum omilni aniqlash zarur bo’lgan xolda qo’llaniladi (9-jadval).
9-jadval
Xo’jalik sub’ektining tovar moddiy boyliklari harakatini balansli bog’lanish usuli orqali tahlil eting
(ming so’m hisobida)


Omborga kirim qilingan boyliklar


Summa


Ombordan chiqim qilingan boyliklar


Summa

1. Yil boshidagi qoldiq (Y.B)


4000

1. Chiqim qilingan boyliklar (Ch)

12000

2. Kirim qilingan boyliklar (K)

17800

2. Yil oxiridagi qoldiq (Y.O)

3000



Jami kirim oboroti


21800


Jami chiqim oboroti


15000

Etishmagan moddiy boyliklar qiymati



-

Moddiy boyliklarning ko’pligi


6800



Balans

21800

Balans

21800


Jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik sub’ektining omborida 21800 ming so’mlik tovar moddiy boyliklari bo’lib, hisobot davrida Shundan 15000 ming so’mligi chiqim qilingan. Jadvalda keltirilgan barcha ko’rsatkichlar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ombordagi tovar moddiy boyliklar harakati tahlilida keng qo’llaniladi.

Bu usul buxgalterlik hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan. Lekin u iqtisodiy tahlilda ham muayyan ahamiyat kasb etadi, xususan bu usul korxonaning mehnat, moliyaviy resurs, xom ashyo, yonilg’i, material, asosiy ishlab chiqarish vositalari va boshqalar bilan ta’minlanganligini tahlilida keng foydalaniladi. Misol uchun, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlash maqsadida, mehnat resurslari bo’yicha balans tuziladi. Unda, bir tomondan, mehnat resurslariga bo’lgan ehtiyoj, boshqa tomondan - ularning haqiqatdagi mavjudligi ko’rsatiladi. Mehnat resurslaridan foydalanish tahlilida ish vaqtining ehtimoliy fondi haqiqatdagi ishlangan soatlar miqdori bilan taqqoslanadi. Chorva hayvonlarning ozuqa bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun ozuqa balansi ishlab chiqiladi, Unda, bir tomondan, oziqaga bo’lgan rejaviy ehtiyoj ko’rsatilsa, boshqa tomondan - uning haqiqatda mavjudligi ko’rsatiladi. Korxonaning to’lov qobiliyatini aniqlash uchun to’lov balansi tuziladi, unda to’lov mablag’lari va to’lov majburiyatlari o’zaro taqqoslanadi.


Qo’shimcha vositalar sifatida iqtisodiy tahlilda balans metodi natijaviy ko’rsatkichlar kattaliklari o’sishiga turli omillarning ta’siri aniqlash to’g’riligini tekshirish uchun foydalaniladi. Determinasiyalashgan tahlilda alohida omillarning ta’sir kattaliklari algebraik summasi natijaviy ko’rsatkichning umumiy o’sish kattaligiga mos kelishi lozim.
Balans usuli additiv omilli model tuzishda foydalanilishi mumkin. Misol uchun, tovar balansi Ta = Tyb + Tk - Tyo .



  1. Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin