4-chizma. Iqtisodiyot sohalari nuqtai-nazaridan iqtisodiy tahlilning turkumlanishi.
Ishlab chiqarishni boshqarish nuqtai nazaridan iqtisodiy tahlil turlarini qo’yidagi chizmada tasvirlash mumkin (5-chizma ).
5-chizma. Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan iqtisodiy taxlining turkumlanishi
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turlari qo’yidagilarga qarab ham turkumlanadi;
1) Xalq xo’jaligini tarmok strukturasi (sanoat va uni tarmoqlari, qishloq xo’jalik, qurilish, transport, savdo, moddiy-texnika ta’minoti va boshqalar);
2) Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari tahlili (ishlab chiqarish, iste’mol, taqsimot va ayriboshlash jarayonlarini tahlili);
3) Tahlilni o’tkazuvchi sub’ekti bo’yicha, ya’ni tahlilni kim tomonidan o’tkazilayotganligiga karab (iqtisodiy xizmat xodimlari, korxonani ijtimoiy tashkilotlari, moliya, kredit organlari, auditorlik tashkilotlari, kasaba qo’mita va ijtimoiy tashkilotlar);
4) Tahlil o’tkazish muddati bo’yicha (yillik, kvartallik, oylik, dekadalik, kunlik, smenalik va bir martalik tahlil);
5) O’rganiladigan masalalarning mazmuni va mukamalligi bo’yicha (xo’jalik faoliyatini kompleks tahlili va tematik tahlili);
6) Ob’ektni o’rganish usuliga qarab (kompleks, tizimli tahlil, taqqoslama, tanlanma, korrelyasion tahlil va boshqalar).
Korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish ularni faqatgina iqtisodiy faoliyatini tahlil kilmasdan, ularni texnik, ijtimoiy, tabiiy sharoitlari va ularni o’zaro aloqasini ham tahlil qilib berishi lozim.
Iqtisodiy tahlil uchun kerakli ma’lumotlar tizimi.
Korxonalarni to’g’ri va oqilona boshqarish uchun turli-tuman ma’lumotlar tizimidan foydalanish zarurki, ular orqali to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilinishi mumkin. Ma’lumotlar deyilganda iqtisodiy hodisalar, voqealar va xo’jalik jarayonlarini tegishli manbalar orqali aks etirish, ularni qayta hisoblash va o’rganish, hamda qiziquvchi tashkilotlarga uzatish tuShuniladi.
Dostları ilə paylaş: |