Moliyaviy tahlil


Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə57/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

Mahsulot tannarxi korxona moliya xo’jalik faoliyatini hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlardir. Shu tufayli ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish hamda tahlil qilish boshqaruv hisobi hamda moliyaviy va boshqaruv tahlili fanlarining muhim vazifalaridan biridir.

Bugungi kunda korxona faoliyatining muhim ko’rsatkichlaridan va unga baho beradigan mezon ko’rsatkichlaridan biri, foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.


Har bir xo’jalik sub’ektini moliyaviy va boshqaruv tahlili orqali ishlab chiqarish, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlarni maqsadga muvofiq sarflanishi va ular samaradorligi baholanadi.
Xarajatlar jami ishlab chiqarish (tovarlar, xizmatlar), uchun sarflangan pul mablag’laridir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, homashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy vositalar (amortizasiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarining qiymat ko’rinishini ifoda etadi.
Tannarx iqtisodiy kategoriyadir.
  • xarajatlarni hisobga olish va nazorat qilishga hizmat qiladi;


  • mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini aniqlash asosini tashkil etadi;


  • korxonaning boshqaruv va investisiya faoliyatlari bo’yicha qarorlarni qabul qilishning zaruriy elementidir;


  • resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan ko’rilgan samaradorlikni ifodalaydi.


O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni, “Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to’g’risida”gi Nizom talablari asosida mahsulot tannarxi bugungi kunda aniqlanmoqda.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin