Moliyaviy tahlil


Noishlab chiqarish xarajatlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə60/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Noishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan barcha xarajatlarga noishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ular tarkibiga sotish bilan bog’liq xarajatlar, ilmiy tekshirish va tadqiqot xarajatlari, umumiy va ma’muriy boshqaruv xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, olingan kredit uchun foiz to’lovlari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan, xarajatlar kiritiladi.
Mahsulot tannarxini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar quyidagilarni tashkil etadi.
1. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat;
2. Taqqoslanadigan mahsulot tannarxi;
3. Mahsulot birligining tannarxi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidagi xarajatlarni Yuqoridagi ko’rinishda turkumlash bilan bir qatorda yana quyidagi xususiyatlari bo’yicha ham tasniflab chiqishimz mumkin.
Yuzaga chiqish shakliga ko’ra:
  • asosiy ishlab chiqarish xarajatlari;


  • moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;


  • tasodifiy, favquloddagi xarajatlar.




Mahsulot tannarxiga qo’shilishiga ko’ra:
  • mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;


  • mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.




YUzaga chiqish o’rni bo’yicha:
  • bo’lim bo’yicha qilingan xarajatlar;


  • sex bo’yicha qilingan xarajatlar;


  • uchastka bo’yicha qilingan xarajatlar va hakozo.




Sotish hajmiga hisobdan chiqarilishiga ko’ra:
  • mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;


  • davr xarajatlari.




Davriga ko’ra:
  • joriy davr xarajatlari;


  • kelgusi davr xarajatlari.




Soliqqa tortiladigan foyda summasini aniqlashda hisobga olinishiga ko’ra:
  • soliqqa tortiladigan bazaga qayta qo’shiladigan doimiy tafovutlar;


  • soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladigan davri bo’yicha tafovutlar;


  • soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda hisobga olinmaydigan xarajatlar.





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin