182
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan,
ma’muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan
asosiy vositalar bo’yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning
eskirishi» schyoti.
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya summasi
quyidagi usullardan birini qo’llash yo’li bilan hisoblanishi mumkin:
1) amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash;
2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash
(ishlab chiqarish usuli);
3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul).
Amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati
shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib
chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda
va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar
obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati
davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi).
Mazkur usul bo’yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat
muddatining davomiyligiga bog’liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi
summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obyekt foydalaniladigan hisobot
davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi.
Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulila
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining
boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali
va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: