187
Bunday o’zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda,
moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o’zgarishning sabablarini va
ularning iqtisoliy samarasini ochib berish zarur bo’ladi.
Foydali xizmat muddati korxona tomonidan
aktivning foydalanilishi
kutalayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan
kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali
xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash
maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga
yoki texnologik
o’zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga
oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Тugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muldati oxirida asosiy
vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy
baholangan summasidan
asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni ayirib tashlash
natijasidagi qiymatdir.
Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish
qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Тugatish qiymatining miqdori jiddiy
summani tashkil etmaydigan bo’lsa,
bunday holatda, amortizatsiyalanadigan
qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin.
Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda,
u asosiy
vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart.
Тugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan
bog’liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: