5.7. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari
Mamlakatimizda ularni etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi
tartiblarini qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy
standarti hisoblanadi.
23
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti,
qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga
olish, balans qiymatining boshqa o’zgarishlarni hisobga olish va ularning so’nggi
bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash,
shuningdek korxonaning moliyavii hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo’yicha
axborotlarni ochib berishdan iborat.
Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning
mulk obyektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish
yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomila mamuriy va boshqa
23
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан рўйхатга олинган 7-сон "Номоддий активлар"
Бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти. 2005 йил 27 июнда
197
vazifalarni amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning
Indentifikatsiya qilingan obyektlaridir.
Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo’jalik foydalanilgani va jismoniy
mazmunga ega bo’lmaganini talab etadi. Jismoniy manoga ega bo’lmagan
aktivlar, agar ularning egalik huquqini qo’shgan va ular uzoq muddat davomida
foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar.
Shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar.
Agar:
aktiv bilan bog’liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga kelishiga
ishonch mavjud bo’lsa;
aktiv qiymati aniq hisoblangan bo’lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan
olinali.
Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo’lgan taqdirda nomoddiy aktiv
bilan bog’liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin:
kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko’payishi
aktivning qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish
borasidagi niyati isbotlansa;
yetarli resurslar mavjud bo’lsa, yoki korxona kelgusida kutgan iqtisodiy
foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obyekt
hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar obyekti bitta patent, guvohnoma,
huquqiy yon berish shartnomasi va boshqalardan kelib chiqadigan huquqlar
majmuidan iborat. Bir inventar obyekt boshqasidan farq qilishining asosiy belgisi
uning mahsulot ishlab chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni
bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud korxonaning mamuriy yoki boshqa
vazifalari bajarilishida foydalanishga xizmat qilishidan iborat,
198
Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo’lgan nomoddiy aktivlarning
obyekti umumiy egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy
aktivlarning tarkibida aks etadi.
Yuqorida qayd etnlgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obyektlarni
nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin:
ixtiroga patent, sanoat namunasi, foydali modelga egalik qiluvchining qat’iy
huquqi;
EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik yoki boshqa
qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;
integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo’lgan mualliflik yoki boshqa
qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;
tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy huquqi,
shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi;
patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug’iga bo’lgan qat’iy huquqi;
gudvill;
tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, yani yerosti va tabiiy muhitning
boshqa resurslari, geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar
singarilardan foydalanish huquqi;
mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni yer uchastkasi, binolar va
boshqalardan foydalanish huquqi;
boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va
xizmat ko’rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish kabilarga bo’lgan
huquq).
Shu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat
egalik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi
shaxsga berilishi mumkin bo’lgan mulkiy huquqdir.
199
Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan
olingan tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi
xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo’lgan malakasi va
qobiliyati qo’shilmaydi, chunki bu xususiyatlar o’z egalaridan ajralmaydigan
xususiyat bo’lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin.
Nomoddiy aktivlarning eng ko’p tarqalgan ko’rinishlari litsenziyalar,
patentlar, mualliflik huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import
kvotalari, nouxau, franchayz, savdo markalari, tashkiliy xarajatlar, gudvill va
boshqalardir. Quyida nomoddiy aktivlarning subyektlar faoliyatida ko’proq
uchraydigan ba’zi ko’rinishlarning tavsiflari keltiriladi.
Patent — u yuridik tomondan ro’yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq.
Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent
tatbiq etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish,
ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi.
Sanoat dizaynini ro’yxatta olish. Sanoat dizaynini ro’yxatga olish patentning
ishlab chiqarilgan mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan
qo’llanilishiga o’xshashdir. Patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini
ro’yxatga olish mahsulotning tashqi ko’rinishini himoya qiladi. Masalan,
komputer terminalining yangi dizayni dizaynni ro’yxatga olish tomonidan himoya
qilinadi, yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi.
Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy
san’at kabi ijodiy ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik
huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu jumladan o’z ishlarini nashr qilish,
qayta nashr qilish va ko’paytirish, o’z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro
etish va yozish huquqi beriladi.
Savlo markalari va savlo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle",
"Adidas") va (yoki) savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot
200
yoki xizmatlarga berilgan nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir.
Ular egalik qilishni asoslash uchun ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin. Bunday
holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi identifikatsiyalar
yuridik tomondan himoyalangan bo’ladi.
Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko’rinishdan juda
yaxshi foydalanishga bo’lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan
foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko’rsatish huquqini olish uchun hukumat
organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish
huquqini olish uchun xo’jalik subyektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi
har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz
(foydalanish huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subyekt) va franchayzlar (mazkur
imtiyozni oluvchi subyektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
Тashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar.
Тashkiliy faoliyat, masalan, yuridik va ro’yxatga olishga to’g’ridan-to’g’ri mansub
bo’ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin.
Тashkiliy xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar kelgusida foyda
keltiradigan dalillar asos bo’lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy
xarajatlarning
barcha
yig’indisi
faoliyatning
foyda
bilan
xarajatga
nomutanosiblikka olib keladigan moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo’ladi: ular uzoq
muddatli bo’nak to’lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin
bo’lgan egalik qiluvchining hech qanday huquqlari bilan taqsimlanmaydi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo’yicha tasniflanishi mumkin:
egalik qilish tavsifi bo’yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar,
patentlar, dasturiy ta’minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan,
tashkiliy xarajatlar va gudvill.
201
Identifikatsiyalash bo’yicha: a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba’zi
nomoddiy aktivlar firmaning aktivlarilan alohila tenglashtirilishi mumkin,
masalan, litsenziyalar, savdo markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va boshqalar;
b)
alohila identifikatsiyalanmayliganlar. Boshqa nomoddiy aktivlar
alohida identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning siymati firmaning
boshqa aktivlari bilan o’zaro aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning
ishonchiga yoki xodimlar malakasining darajasiga asoslanadigan gudvil.
Dostları ilə paylaş: |