5. 6. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash
natijalari hisobi
5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada
ifodalangan asosiy vositalar obyektlarining boshlang’ich qiymati mazkur
summani asosiy vositalarning alohida obyektining joriy qiymatiga mutanosib
ravishda taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Bu yerda, nazarda tutiladiki, agar
xo’jalik yurituvchi subyekti buxgameriya hisobida alohida ilentifikatsiyalanaligan
asosiy vositalarning bir necha obyektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa,
bunday holatda umumiy summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir
obyektining kirim qilinishi lozim bo’lgan qiymati, yani boshlang’ich qiymati
sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir
obyektning bozor qiymati ulushiga qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini
quyidagi -misolda ko’rib chiqamiz.
4-misol. "Hamkor" MChJ 2006 yil 20 mayla "Operativ" AJdan mulkiy
majmuani 250000 m.so’m bo’lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy
majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli
ichimliklarni quyish bo’yicha texnologik liniya. 2006 yil 25 mayda xarid bo’yicha
barcha summa to’lab berildi. Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish, davlat boji
to’lovi, brokerlik haqi bilan bog’liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga
keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan
mulkni baholash bo’yicha sarflar jami 50000 m.so’mni tashkil etdi. Baholovchi
kompaniyaning xulosasiga ko’ra asosiy vositalarning har bir obyekti quyidagi
21
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1334-сон билан рўйхатдан ўтказилган
"Инвентаризация жараёнида аниқланган молмулк камомади ва ортиқчасининг бухгалтерия ҳисоби ва солиққа
тортиш тартиби тўғрисидаги Низом". 2004 йил 06 апрел
192
tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 160000 m.so’m, minorali inshoot
120000 m.so’m, texnologik liniya 80000 m.so’m.
Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar
obyektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining
umumiy bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bo’lali. Ular
quyidagi ko’rinishga ega:
Asosiy vositalar
obyekti
Bozor
qiymati
Bozor
qiymatining
ulushi
Ulush hisob-
kitobi
Ishlab chiqarish binosi
160 000
4/9
160 000/360000
Minorali inshoot
120 000
1/3
120 000/360000
Тexnologik liniya
80 000
2/9
80 000/360 000
Jami:
360 000
Yuqorida keltirilgan mulkii majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga
keltirish bilan bog’liq umumiy xarajatlar summasi 300 000 m.so’mga teng
(250000+50000 m.so’m) bo’lgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir
obyektning boshlang’ich qiymati quyidagi ko’rinishga ega:
Asosiy vositalar obyekti
Boshlatic
h qiymat
Bozor
kiymatining
ulushi
Hisob-kitob
Ishlab chiqarish binosi
133 000
4/9
(4/9x300 000)
Minorali qurilma
100 000
1/3
(1/Zx300000)
Тexnologik liniya
67 000
2/9
(2/9x300 000)
JAMI:
300 000
"Hamkor" MChJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan
bog’liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali:
193
a) asosiy vositalar obyektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820
-"Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.so’m, Kt 6010 -"Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti-250000
m.so’m.
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to’lash: Dt 6010 - «Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti-250000
m.so’m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so’m.
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish
bilan bog’liq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish"
schyoti- 50000 m.so’m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so’m.
g) xarid qilingan asosiy vositalar obyektlarini kirim qilish (foydalanishga
topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab
chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so’m, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va
uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti- 100000 m.so’m, Dt 0130 -
«Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so’m, Kt 0820 -
«Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.so’m.
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan
so’ng asosiy vositalarning qiymati, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida
va mazkur standartda belgilangan holatlardlan tashqari hollarda, o’zgartirilmasligi
nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul
qilingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga qo’shimcha
qurilish, qo’shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik
qayta qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash
holatlarida ruxsat etiladi.
Qo’shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy
vositalar obyektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va
boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o’zgartirishlar natijasida kelib
chiqadigan ishlar kiritiladi. Yani asosiy vositalar obyekti bilan bog’liq amalga
194
oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular
asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan meyorlarini sezilarli ravishda
oshirish yoki asosiy vositalarning ushbu obyektini dastlab balansga qabul qilishda
belgilangan xizmat qilish meyori jiddiy tarzda uzaytirish yo’li bilan ularning
holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa.
Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik
iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq asosiy vositalarning mavjud
obyektlari qayta o’zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini
oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini
o’zgartirish maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo’yicha amalga
oshiriladi. Тexnik qayta qurollanish deyilganda ilg’or texnika va texnologiyalarni
joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, manaviy
jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda yemirilgan uskunalarni o’ta unumdor
yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki
ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bo’yicha
kompleks tadbirlar tushuniladi.
Yuqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obyektini qo’shimcha qurish,
qo’shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta
qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obyektining
dastalabki qabul qilingan amal qilishi meyorining ko’rsatkichlarini oshishi sababli,
ushbu xarajatlar mazkur obyektlarning boshlang’ich qiymatini oshiradi.
Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o’zgartirish mumkin
bo’lgan keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta
baholash deganda, asosiy vositalar obyektlarining qayti tiklash qiymatini bozor
narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan
aniqlashtirish tushuniladi. Хo’jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning
boshlang’ich qiymati O’zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham
qayta baholanishi mumkin.
195
Bunday vaziyatda asosiy vositalar qayta baholash natijasida buxgalteriya
hisobi va hisobotida joriy qiymati bo’yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son
BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalarning muayyan sanaga
qadar bo’lgan holatga ko’ra amaldagi bozor narxlari bo’yicha qiymati yoki bitim
tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog’liq bo’lmagan tomonlar o’rtasida bitim
tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo’lgan
summa tushuniladi.
Asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan
holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar to’plangan eskirish summasi asosiy
vositalar boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatining tegishli o’zgarish indekslariga
nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan
qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi
bo’yicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo’li bilan qayta baholanishi
mumkin.
22
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo’lsa,
asosiy vositalar obyektining qo’shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali
tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotiga olib
boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek
arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar
obyekti bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obyekt bo’yicha oldingi
hisobot davrlarida o’tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo’lgan qo’shimcha
oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 -
«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy
vositalar obyekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu obekt
22
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1192сон билан рўйхатдан ўтказилган "1 январь
ҳолати бўйича асосий фондларни ҳар йили қайта баҳолашни ўтказиш тартиби тўғрисида»ги Низом. 2002 йил 4
декабр
196
bo’yicha qo’shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa
operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi.
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo’lgan holatida o’tkazilgan asosiy
vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim.
Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot
malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy
hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri
holatidagi malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan
to’g’ri kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati bo’yicha o’tkazilgan
asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy
davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi.
Dostları ilə paylaş: |