5. 5. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib
ketishining buxgalteriya hisobi
Asosiy vositalar obyektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash
yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
188
Joriy tamir — asosiy vositalar obyektini ishchi holatida ushlab turish
maqsadida amalga oshiriladigan tamirlashdir. O’rta ta’mirda tamirlanadigan
agregatni qisman ajratib yig’ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki
almashtirish amalga oshiriladi.
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to’liq ajratib
yig’ish, bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan
detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig’ish, sozlash va
sinash amalga oshiriladigan tamirlashdir.
Bino va inshootlarni kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va
uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini
almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi
iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida
amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo’lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga
olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish
xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlashini
o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab
chiqarish tannarxiga, mamuriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish
uchun mo’ljallangan asosiy vositalar obyektlari bo’yicha esa davr xarajatlari
tarkibiga olib borilali.
Zarur holatlarda, alohida sohalarning xo’jalik yurituvchi subyektlari
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash
ishlarini o’tkazish uchun mablag’lar zaxiraini tashkil etishlari mumkin. Mazkur
zaxira bo’yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi
tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obyektini kapital
ta’mirlanishdan o’tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning
taxminiy baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo’yicha
ajratmalar meyori har bir hisobot davri oxirida qayta ko’rib chiqiladi va zarur
189
hollarda yangi moliyaviy yil uchun ajratmalar hajmi ko’paytirilishi yoki
kamaytirilishi mumkin. Agar kapital tamirlash uchun zaxira qilingan mablag’lar
summasi mazkur obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlardan oshib ketsa,
ortiqcha summa tuzatib qo’yilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan
mablag’lar summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha summa "Ishlab chiqarish
tusidagi boshqa xarajatlari" elementi tarkibida aks ettiriladi.
Zaxiralarni hisoblash bo’yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar
va to’lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
debeti bo’yicha aks ettiriladi.
Zaxira qilingan mablag’lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy
xarajat va to’lovlar, 8910 - «Kelgusilagi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari"
schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti
yozuvi orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi.
U yoki bu zaxira bo’yicha summalarni tashkil etilishi va undan
foydalanishning to’g’riligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga o’xshaganlarning
malumotlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga
tuzatishlar kiritiladi.
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar
obyektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar
korxona balansidan ularni: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga
berilganda; ta’sis ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoqmuddatli ijara
shartnomasi bo’yicha berilganda; kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanganda;
qatnashchilar tarkibidan qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida
hisobdan chiqariladi.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo’lgan bir necha
mustaqil obyektlar bo’lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir
obyektning almashtirilishi alohida inventar obyektining chiqib ketishi yoki xarid
qilinishi sifatida hisobga olinadi.
190
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang’ich
qiymati va to’plangan amortizatsiyasi obyektning tugatilgan qismiga tegishli
boshlang’ich qiymati va to’plangan amortizatsiya summasiga mos holda
kamaytiriladi.
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija,
asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning
qoldiq qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq egri
soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani
aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo’shimcha
baholash summasining qoldig’i, ya’ni avvalgi qo’shimcha baholash
summalarining asosiy vositalar ushbu obyektining avvalgi arzonlashtirilgan
summasidan oshib ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan
daromad tarkibiga kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash
bo’yicha tuzatishlar" schyoti bo’yicha zaxira kapitali kamayadi.
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonuniga
muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning
saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning
inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona
fondlari bo’yicha esa besh yilda bir marta o’tkaziladi.
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy
standartiga muvofiq belgilangan tartibda o’tkaziladi.
20
Korxonalarda mulklarni
inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va
20
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигида 833 сон билан рўйхатдан ўтказилган 19-сонли
"Инвентаризацияни ташкил этиш ва ўтказиш" Ўзбекистон Республикаси Бухгалтерия ҳисоби миллий
стандарти.
1999 йил 2 ноябр
191
ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
21
Dostları ilə paylaş: |