170
to’langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga
keltirishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi.
Yana
shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat
soligi va aksiya solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani
umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda
hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida
ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi.
Хo’jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy
vositalarning dastlabki
qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan
holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga
kelib tushishining asosiy
manbalari quyidagilar: obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olish;
kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi;
tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo’shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat
subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi
tarkibidan o’tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital
kiritmalar;
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash.
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki
qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo’yicha qurilish-
montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan
summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog’liq ro’yxatga olish
yig’imi, davlat bojlari va shunga kabi boshqa to’lovlar; bojxona bojlari va
yig’imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog’liq soliqlar va
yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq
axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summa; asosiy vositalarning
obektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug’urta qilish bo’yicha
harajatlar;
asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to’lanadigan haq; asosiy
vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to’lanadigan
171
harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan
bevosita bog’liq boshqa harajatlar;
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan
uzoq muddatli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar
ishga tushirilgan asosiy
vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi. Agar xo’jalik yurituvchi subekt
asosiy vosita bilan bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan
maqsadli kredit olish bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar
obyektning ishga tushirilishi xo’jalik yoki pudrat usullari bilan amalga
oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning
ishga tushirilayotgan obyekti qiymatiga kiritilishi kerak.
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni
u foydalanishga
topshirilgan bo’lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’xtatiladi, asosiy vositalar
obyekti foydalanishga berilgandan keyin o’tkazilgan foizli xarajatlar esa xo’jalik
yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar (9610 - «Foiz
ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi.
Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati
sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy
vositalarning ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan
tashkil topadi.
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda
ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar,
shuningdek, aktivni yetkazib
berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish
bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish
bilan bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi
to’ldirilgan sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs
bo’yicha summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy
valuta (so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Shuni ham
ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari,
172
moddiy-tovar zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan
o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq
bo’lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi,
balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi.
Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati
odatda ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning
boshlang’ich qiymati shakllanishi, yani uni tan
olish uchun maqbul asoslar
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: