Mo’minova Risolat Xabibulla qizining


Kimyoviy bog’lanish xarakteri o’zaro birikuvchi elementlarning nisbiy elektromanfiyliklari ayirmasiga bog’liq bo’ladi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə13/45
tarix02.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#44994
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Muminova

Kimyoviy bog’lanish xarakteri o’zaro birikuvchi elementlarning nisbiy elektromanfiyliklari ayirmasiga bog’liq bo’ladi. Agar ikki elementning nisbiy elektromanfiyliklari orasidagi ayirma katta bo‘lsa (1,5 dan to 3,3 gacha) bu elementlar orasida ionli bog’lanish hosil bo‘ladi, agar bu ayirma unchalik kichik bo‘lmasa (1,5 ga yaqin) qutbli bog’lanish, agar juda kichik bo‘lsa kovalent (qutbsiz) bog‘lanish yuzaga keladi.

Shunday qilib, kimyoviy bog’lanish deb ikki yoki undan ortiq atomlarning kimyoviy barqaror ko‘p atomli sistema hosil qilishi va unda bog‘langan atomlarning elektron bulutlarning qayta taqsimlanishiga aytiladi.

Vodorod molekulasining hosil bo‘lishini kvantlar mexanikasi asosida izohlash uchun V.Geytler va F.London 1927 yilda taklif qilgan va L.Poling rivojlantirgan. Valent bog‘lanishlar nazariyasi quyidagicha ta‘riflanadi: o‘zaro ta‘sirlanuvchi atomlardagi elektronlar spini parallel (↑↑) bo‘lsa, ular o‘zaro juftlashmaydi va molekula hosil bo‘lmaydi. Agar ta‘sirlashuvchi atomlarning elektronlari anti parallel (↑↓) bo‘lsa, atomlar bir-biriga yaqinlashganda tortishadi va elektron bulutlari bir-birini qoplaydi. Qarama-qarshi (↑↓) spinga ega bo‘lgan ikki elektron ikki yadro atrofida harakatlanadi va yadrolararo fazoda elektron bulutlarining zichligi birmuncha ortadi. Shuning natijasida, ikki yadro orasida katta manfiy zaryadga ega bo‘lgan soha vujudga keladi va u musbat zaryadli yadrolarni jipslashtiradi. Natijada atomlar orasida kimyoviy bog‘ hosil bo‘ladi. Aksincha, elektronlarning spinlari o‘zaro parallel bo‘lsa, ikki atom orasidagi elektronlar bulutining zichligi, hatto nolga ham teng bo‘lishi mumkin va kimyoviy bog‘ hosil bo‘lmaydi. 5

Masalan, vodorod molekulasini ko‘rib chiqaylik. Vodorod molekulasida ikkita yadro va ikkita elektron bor. Ular orasida quyidagi o‘zaro ta‘sir kuchlari bor: yadrolar va elektronlar (bir xil zaryadli bo‘lgani uchun) bir-biridan qochadi, lekin elektronlar bilan yadrolar orasida o‘zaro tortishuv kuchlari namoyon bo‘ladi, har




qaysi elektronni ikki yadro tortadi va har bir yadroni ikki elektron tortadi. Undan tashqari o‘zaro ta‘sirlanayotgan vodorod atomlaridagi elektronlar spini qarama- qarshi spinga ega bo‘lsa, atomlar orasida tortishuv kuch bunyodga keladi. Anti parallel spinli ikki vodorod elektronlari atomlarni bir-biriga yaqinlashtirib atomlararo masofa r=0,74A0 ga yetganda sistemaning potentsial energiyasi minimal qiymatga ega. Demak, vodorod molekulasidagi (H-H) bog` uzunligi r=0,74A0 ga teng.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin