Mo’minova Risolat Xabibulla qizining


Valent bog’lanishlar metodini quyidagi 2 prinsip orqali tushuntirish mumkin



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə14/45
tarix02.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#44994
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Muminova

Valent bog’lanishlar metodini quyidagi 2 prinsip orqali tushuntirish mumkin. Birinchi printsip: Lokallashgan elektron bulutlari bog‘lani hosil qiladi, atom orbitallar bir-birining ustini qoplaydi. Qarama-qarshi spinli elektron orbitallari bir-birini qoplaganda yadro orasidagi atom orbitallari orasidagi eng yuqori elektron bulut zichligi hosil bo‘lib yadrolar tortishadigan zaryadlar hosil qiladi va sistema energiyasi kamayib bog‘ hosil bo‘ladi.

Ikkinchi printsip: Atom orbitallarining maksimal qoplanishi natijasida bog‘ hosil bo‘lishi ya’ni, yatom orbitallari qancha kuchli bir-birini qoplasa shuncha kuchli bog‘lar hosil bo‘ladi. Bog‘dan qaysi atom boshqasini ko‘proq qoplasa shu yo‘nalish boylab hosil bo‘ladi.6

Valent bog‘lanishlar usulining asosiy hollari quyidagilardan iborat:


    1. O‘zaro birikuvchi atomlar orasidagi bog‘, tashqi elektron qavatdagi elektronlarda bir qismining umumiy elektron juftlari hosil qilishi natijasida yuzaga keladi. Bunda elektronning spinlari antiparallel (↑↓) bo‘lishi kerak va bunday elektronning bulutlari bir-birini qoplab o‘zaro birikuvchi atomlar yadrolari orasidagi fazoda taqsimlanadi.

    2. O‘zaro birikuvchi 2 atom maydonida juftlashmagan umumiy elektronlar zichligi lokallangan, ya’ni elektronlarning bulutlari bir-birini qoplagan bo‘lishi kerak. Bu atomlarni biriktiruvchi (bog‘lovchi) elektron juftlari miqdori, kimyoviy bog‘lanishini miqdor birligini yoki uning valentligini bildiradi.

    3. O‘zaro birikuvchi atomlarning orasida elektron juftning hosil bo‘lishida faqat juftlashmagan, bitta yacheykani egallagan tok elektronlargina ishtirok etadi. Bog‘lanishda ishtirok etmay qoladigan juft elektronlar-ajralmaydigan (ajralmas) juft deyiladi.

4. 2 atomning tok elektronlari o‘zaro bog‘lanib elektron juft hosil qilishlari uchun ularning spinlari qarama-qarshi zaryadga ega bo‘lishi kerak, yoki elektronlar spinlari albatta antiparallel (↑↓) bo‘lishi kerak.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin